Turkiyada harbiy to'ntaruv tashabbusiga 2 yil to'ldi

Prezidentlik matbuot xizmati kotibi Janob Ibrohim Qalinning DailySabah gazetasida (2018-yili 14-iyul) chop etilgan maqolasi.

1013605
Turkiyada harbiy to'ntaruv tashabbusiga 2 yil to'ldi

Prezidentlik matbuot xizmati kotibi Janob Ibrohim Qalinning DailySabah gazetasida (2018- yili 14  iyul) chop etilgan maqolasi.

Harbiy to’ntarish tashabbusining 2 yilligida Turkiya yana ham kuchli...

15- iyul tuni uyushtirilgan hujumdan ikki yil so’ngra, Turkiya, yangi hukumat tizimi bilan yana ham  kuchli,  yana ham chidamli va yana ham  ehtiyotli  bo’lishga davom etmoqda.

Bu hafta so’ngi Turkiya  2016- yili 15- iyulda sodir bo’lgan harbiy to’ntarish tashabbusining 2- yilligi.  Fatulloh Gulen va unga qarashli terror tashkiloti, rasmiy ravishda Gulenchi terror tashkiloti ( FETO) sifatida bilinganlar tomonidan  uyushtirilgan ushbu hujumda oqibatida  250  nafar  qurbon bo’lar ekan, 2000dan ziyod inson esa  yaralandi.

Bir necha soat mobaynida, Prezidentlik kulliyasi, majlis binosi va xavfsizlik tashkiloti bilan milliy xavfsizlik tashkiloti  markazlari bilan bir qatorda Turkiyaning strategik ahamiyatga ega tashkilotlari  go’yo bir ishgo’l kuchi shaklida o’rtaga chiqqanlar tomonidan  hujumga uchradi. Demokratiya dushmanlariga qarshi qo’lga kiritilgan  g’alabalarning ortidan, bunday bir tragediyaning yana bir bor sodir bo’lmasligini ta’min etish uchun juda qiyin faqat hayoti bir vazifa edi.

 Bu ma’noda, ortda  qolgan oxirgi ikki yil, o’lkamizning otash bilan  imtihoni edi.

U qadar tuni, millionlab Turk, millatning  kelajagi uchun  o’z hayotini  xavf ostiga olgan holda  go’yo  tarix yozdi. Farqli etnik, siyosiy va madaniy o’tmishdan kelgan insonlar  erkin yurtdoshlar sifatida, birgalikda, kurashib harbiy to’ntaruvchilarni mag’lub etdi. Kelgusi nasllar  tarixiy bir lahza sifatida eslaydigan iftixorli bir kun edi. Turkiya, 15- iyul xoin harbiy to’ntarish tashabbusi shoki, Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning kuchli rahbariyati, Turk xalqining, tashkilotlarining kuchli  yordami bilan terroristlar  bartaraf qilindi. Muvaffaqiyatsiz harbiy to’ntarishdan qisqa muddatdan keyin, sodir bo’lganlarni barcha  jihatlari bilan oshkor qilish va Turk demokratiyasiga qarata kelgusida  ehtimoli hujumlarning oldin olish uchun o’lkada favqulodda holat e’lon  qilindi. Ikki yildan so’ng, favqulodda holat, Prezidentimizning jami ovozning ovozlarning  52,6 foizini olib yangidan prezident etib saylanishi bilan  yana ham mustahkamlashgan 24- iyun saylov oldi va’da qilganidek, favqulodda holat  kelgusi hafta bekor qilinadi. Agar 15- iyul harbiy tashabbusi, yana zaif tashkilotlarga va yana oz demokrat madaniyatga ega bir o’lkada sodir bo’lsa edi, u o’lkaning iqtisodiyoti darhol u lahza cho’kardi. Siyosat o’z yo’lidan chiqib ijtimoiy tinchlik xavf ostiga kirardi.  Bu jihatdan, buguni  bilan Turk demokratiyasiga qilingan qonli hujum sodir bo’lgan kun orasida sodir bo’lgan har voqea, Turkiyaning bir o’lka sifatida uslubi va yangidan kuchayish qobiliyatini  isbotlash uchun diqqat bilan analiz qilish kerak.

Turkiya to’ntaruv tashabbusiga qaramay, uchta terror tashkiloti bilan bir paytning o’zida kurashayotgan, PKKga og’ir zarba bergan va Suriyadagi DAISh pozitsiyalariga qarshi muvaffaqiyatli harbiy amaliyot olib borayotgan yagona NATO ittifoqdoshidir. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 2016 yil dekabr oyidan beri Turkiyada buyuk terrorchilik harakati ro’y bermadi. Qolaversa, Turkiya iqtisodiyoti 2017 yilda dunyoning eng tezkor rivojlangan iqtisodiyotiga aylandi. Mana yangi jarayonda konstitutsiya referendumi, prezident va parlament saylovlari hech qanday muammosiz amalga oshirildi. Bularning barchasi amalga oshar ekan, siyosiy tashkilotlar va ommaviy tinchlikka hech qanday putur yetmadi.

O’tgan ikki yil ichida Turkiyaning yangi to’ntaruv tashabbusi tahlikasini bartaraf etish uchun ko’rsatgan g’ayrati g’arb media mansublari tomonidan farqli aks ettirildi. Bu esa, haqiqat bilan buning mediada o’rin olgan shakli o’rtasida katta farq yaratdi. Haqiqat shuki, demokratiyani eng jiddiy tahdidlarga qarshi himoya qilish uchun yo’lga qo’yilgan “favqulodda vaziyat” oddiy xalqning kundalik hayotiga ta’sir ko’rsatmadi. Xatto, konstitutsiyada favqulodda vaziyat jarayonida hukumatga berilgan ba’zi huquqlar aslo qo’llanilmadi. Turkiya mol-mulklarni tekshirishga kirishmadi, mamlakat bo’ylab va xorij bo’ylab sayohatlarni cheklamadi.

Umumiy saylovlar va 2017 yildagi konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish maqsadida o’tkazilgan referendum oldidan, bir qator siyosiy partiyalar hech qanday cheklovsiz saylov tashviqotlarini olib bordi. Natijada, turk xalqi sifatida biz yana bir yoqadan bosh chiqardik va xalq sifatida takror oyoqqa turdik. Bu haqiqatni hech kim o’zgartira olmaydi. Bugungi kunda mehnatkash turk xalqining qalbini va ongini zaharlashga harakat qilgan Gulen jamoatining istilosi butunlay bartaraf etildi.

FETOning Turkiyadagi davlat tashkilotlari va nodavlat tashkiloti ichidagi ishg’ol siyosati yo’q qilindi.

Bularga qo’shimcha ravishda, ushbu terrorist harakatning dunyoda insonlar ongini zaharlash maqsadida amalga oshirayotgan faoliyatlarining oldi olindi. Asosan, Turk maorif jamg’armasi xorijdagi turk maktablari nazoratini zimmasiga oldi. Qolaversa, xorij mamlakatlarning hukumatlari ham Gulen jamoatining faoliyatlari qanchalik tahlikali ekanligini tushunib yetdi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 15 iyul voqealarini sodir qilgan shaxslarni adolatga topshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar qat’iy davom etadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hab , #Harbiy To'ntarish , #Ibrohim Kalin

Aloqador xabarlar