Turkiya “15-iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni”ni tantanali ravishda nishonladi

Mamlakatni qorong’ulikka bog’ishni xohlagan lekin xalqni hisobga qo’shmagan Fetullahchi terror tashkiloti a’zolari ikki yil oldin Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qildi.

1013223
Turkiya “15-iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni”ni tantanali ravishda nishonladi

Roppa-rosa bundan ikki yil muqaddam, 2016-yilning 15-iyul kungi to’ntarish tashabbusining ikkinchi yilida , “15-iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni” munosabati bilan yurt bo’ylab trixiy kunning shahidlarini yodga olish marosimlari o’tkazildi.

Mamlakatni qorong’ulikka bog’ishni xohlagan lekin xalqni hisobga qo’shmagan Fetullahchi terror tashkiloti a’zolari ikki yil oldin Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan millionlab inson ko’chalarni to’ldirdi.

Xalq, ana shu qorong’u kechani kunduzga aylantirdi.

Vatan uchun tankalar va o'qlarga qaramay kurashgan 251nafar vatanparvar shahid bo’ldi.

Xoin to’ntarish tashabbusining 2-yilligida millionlab inson bu gal ana shu kechani unuttirish va shahidlarni yodga olish uchun mamlakatning to’rt burchagida yig’ildi.

Shu doirada Erzurumda minglab kishi qo’llarida Turk bayroqlari bilan maydonlarda to’plandi.

Mehtar guruhi sahnaga chiqqan kechada birgalikda marshlar ijro etildi.

Trabzonda, yosh keksa demay piyoda yurish ortidan maydonda to’planildi.

Qo’shiqchi Ug’ur Ishik ham ana shu kechada sahnaga chiqdi.

Diyarbakir ham qahramon shahidlarni unutmadi.  

Demokratiya navbatining keyingi manzillaridan biri Antaliya edi.

Turkiyaning Sivas viloyatida qariyb 55 ming kishi tarixiy poyezd stansiyasidan shahar maydonigacha piyoda yurdi.

Yozgat viloyatida esa Mehtar guruhi konserti bilan boshlagan tadbirda, minglab yurttosh Turk bayroqlari bilan kechani qo’llab-quvvatladi.

Ardahanliklar yomg’irga qaramay kechani qo’llab-quvvatlash uchun tashrif buyurdi.

Amasya, Kastamo’nu, Chorum va Ig’dir ham kattakon Turk bayroqlari bilan maydonda edi.

Ig’dirda fuqarolar 200 metrlik Turk bayrog’i bilan piyoda yurdi.

Shirnakliklar ham qo’llarida Turk bayroqlari bilan Demokratiya navbati uchun maydonlarda yig’ildi.

Duzjeda, Mehtar guruhining konserti bilan boshlagan tadbirda, minglab fuqaro Turk bayroqlari bilan kechani qo’llab-quvvatladi.

Malatyada Demokratiya navbatidan oldin amalga oshirilgan piyoda yurishda ishtirok etganlar orasida, otlik nayzachilar guruhi ham bor edi.

Kayseri, Gaziantep va Eskishaharda Qur’on-i Karim o’qilib, duo qilindi.

Kirkkale, Kahramanmarash va Hatayda esa Mehtar guruhi minglab insonning demokratiya navbatiga hamrohlik qildi.

Artvinning Borchka tumanida esa Demokratiya navbati 2 ming 400 metr balandlikda tutildi.

Osmonda ham oy va hilolning yonma-yon kelishi, bu kechaga alohida xursandchilik baxsh etdi.

15-iyul kechasi xoin to’ntarish tashabbusida xalqqa qilingan hiyonatga qarshi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarish uchun o’qilgan salovatlar, FETOning to’ntarish tashabbusining 2-yilligida takror o’qildi.

 



Aloqador xabarlar