Butun dunyoda Turkiyada sodir bo'lgan 15 iyul voqealari yodga olindi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Belgiya, Rossiya va Yunoniston kabi bir qator davlatlarda o’tkazilgan marosimlarda 15 iyul shahidlari yodga olindi.

1013117
Butun dunyoda Turkiyada sodir bo'lgan 15 iyul voqealari yodga olindi

 

2016 yil 15 iyulda sodir bo’lgan hukumatga qarshi to’ntaruv tashabbusiga ham mana 2 yil to’ldi.

Ushbu kunni xotirlash maqsadida nafaqat mamlakat bo’ylab, balki ko’plab xorij mamlakatlarda xotira namoyishlari o’tkazildi.

Jumladan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Belgiya, Rossiya va Yunoniston kabi bir qator davlatlarda o’tkazilgan marosimlarda shahidlar yodga olindi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasining poytaxti Nikosiyadagi Shahidlar yodgorligida marosim o’tkazildi.

Marosimga Turkiyaning Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi elchisi Derya Kanbay, elchixona xodimlari, deputatlar va fuqarolar ishtirok etdi.

Belgiyadagi Turkiya elchixonasida o’tkazilgan marosimga esa 15 iyul voqealarida yaralangan Kadir Yilmaz ishtirok etdi.

O’sha voqealarga shaxsan guvoh bo’lgan Kadir Yilmaz xotiralarini ko’z yoshi bilan anglatdi.

Brusseldagi Fotih jome’yida shahidlar xotirasi uchun qur’on xatmi tilovat qilindi.

Madou maydonida 15 iyul shahidlarining tasviri aks etgan oq-qizil sharlar uchirildi.

Germaniyaning Berlin shahrida ham turli xotira marosimlari o’tkazildi.

Turkiyaning Germaniyadagi elchisi Ali Kemal Aydin to’ntaruv tashabbusining faollari Fathulloh Gulen harakatini himoya qilgan Germaniya hukumatiga hitob qildi.

“Nemis vakillardan demokratiyani og’zaki qo’llab quvvatlashini emas, balki FETO mansublarini sud qilgan holda amalda isbotlashini kutib qolamiz”,-dedi Ali Kemal Aydin.

Kolnda ham bunga o’xshash namoyishlar o’tkazildi. Qo’lida bayroqlarni ko’targan namoyishchilar 251 shahidning tasviri aks etgan sharlarni osmonga uchirdi.

Rossiyaning poytaxti Moskvada ham shahidlar yodga olindi.

Moskvadagi Turkiya elchisi Husayin Dirioz FETO bilan xalqaro kurashning ahamiyatiga diqqat qaratdi va kurash davom etayotganligini ma’lum qildi.

To’ntaruvga tashabbus qilgan 8 harbiyga boshpana bergan Yunonistonda ham namoyish o’tkazildi.

Turkiyaning Yunonistondagi elchisi Yashar Halit Chevik elchixonada o’tkazilgan marosimda, Yunonistonga qochishga muvaffaq bo’lgan FETO mansublarining Turkiyaga ekstraditsiya qilinmaganidek, Yunon sudlari ularga sig’inish huquqini berganligini eslatdi.

15 iyul shahidlari Gumuljineda ham yodga olindi.

Gumuljinedagi Turkiya konsullik boshqarmasidagi marosimlarga g’arbiy Fraqiyadagi turklar ham katta qiziqish ko’rsatdi.

Turk konsul Murat O’mero’g’li to’ntaruv tashabbusini harbiy forma kiygan xoinlar sodir qilganligini tilga oldi.

So’ngra, Gumuljinedagi turk yoshlar ittifoqi markazida 15 iyul voqealariga bag’ishlaangan tadbir bo’lib o’tdi.

Bosniya-Gersegovinada 15 iyul voqealarini xotirlash maqsadida “Demokratiya estafetasi” o’tkazildi.

Sarayevodagi tarixiy G’oziy Husrav Bey jome’yida 15 iyul shahidlari uchun qur’on tilovat qilindi.

Shaharning mashhur kutubxonasi binosida chiroqlar bilan turk bayrog’ining tasviri aks ettirildi.

Makedoniyaning poytaxti Skopyada ham xotira marosimlari o’tkazildi.

Turkiyaning Makedoniyadagi elchisi Tulin Erkal Kara marosimda so’zlagan nutqida FETOga qarshi kurashda hamkorlikni yanada kuchaytirish kerakligini bildirdi.

O’zbekistonning poytaxti Toshkentda ham 15 iyul voqealariga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir doirasida 15 iyul rasm ko’rgazmasi va konferensiya o’tkazildi.

Kobul, Vena va Indoneziyadagi Turkiya elchixonalarida ham xotira marosimlari o’tkazildi.

Marosimlarda elchixona xodimlari, diplomatlar, fuqarolar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Iroqning Erbil shahrida ham 15 iyul shahidlari yodga olindi, 15 iyul voqealariga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi, xatmi o’qildi va duolar qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #15 iyul voqealari , #shahidlar , #xotira , #FETO

Aloqador xabarlar