Turkiyaning Shirnak va Mardin viloyatida 5 terrorist taslim bo'ldi

Turkiyaning Shirnak va Mardin viloyatida PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist xavfsizlik xodimlariga taslim bo’ldi.

1011743
Turkiyaning Shirnak va Mardin viloyatida 5 terrorist taslim bo'ldi

Turkiyaning Shirnak va Mardin viloyatida PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist xavfsizlik xodimlariga taslim bo’ldi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida internet sayti orqali tarqatilgan ma’lumotga ko’ra Shirnakning Silopi tumanida, Iroqning shimolidagi boshpanalardan qochgan 4 nafar PKK a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim bo’lgan.

Guchlukonak tumanida esa xavfsizlik kuchlari tomonidan ijro etilgan hududni tekshirish faoliyatlari chog’ida 1 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda topilib, yo’q qilingan.

Beytushshebap tumanida ham PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotda 16 aybdor nazorat ostiga olingan. Ulardan 3 nafarining fransuz ekanligi, fransuzlardan ham birining ayol kishi ekanligi qayd etilgan.

Amaliyot PKK/ KJK terror tashkilotiga kurerlik va hamkorlik qilganlarni qo’lga tushirish maqsadida uyushtirilgan edi.

Mardinning Kiziltepa tumanida ham Suriyadagi boshpanalardan qochgan PKK/ PYD- YPG terror tashkilotiga a’zo 1 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo’lgan.

Undan tashqari Turk Qurolli kuchlari tomonidan oxirgi 1 hafta mobaynida olib borilgan amaliyotlar natijasida 76 terrorist yo’q qilindi. Ulardan 3 nafarining terror tashkilotining lider kadrosidan ekanligi iddio qilinmoqda.

Suriyaning Afrin mintaqasidagi terroristlarga qarshi olib borilgan “Zaytun novdasi” amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 4 ming 540 nafarga yetdi.

 

 



Aloqador xabarlar