Chet ellarda yashagan turk saylovchilarning ovoz berish ishlari davom etmoqda

Turkiya Oliy saylov kengashi raisi Sadi Guven Turkiyada 24-iyun kuni o’tkaziladigan saylov uchun chet ellarda va bojxonalarda ovoz bergan saylovchilar soni haqida ma’lumot berdi.

995153
Chet ellarda yashagan turk saylovchilarning ovoz berish ishlari davom etmoqda

Turkiyada 24-iyun kuni o’tkaziladigan Prezidentlik va parlament saylovi uchun chet ellarda va bojxonalarda ovoz bergan saylovchilar soni 1 million 228 nafarga yetdi.  

Chet elda 7-iyun kuni boshlagan ovoz berish ishlari bir necha nuqtada o’z nihoyasiga yetdi.

Chet eldagi turk saylovchilarning eng ko’p haftaning dam olish kunlari ovoz berganligi kuzatildi.

Shu doirada dam olish kunlari Germaniyaning Dyusseldorf va Kyoln Bosh konsulliklarida 500 mingdan ortiq saylovchi ovoz berib, chet elda ovoz bergan turk saylovchilar soni bo’yicha rekor o’rnatdi.

Ortidan Oliy saylov kengashi raisi Sadi Guven chet elda va bojxonalarda ovoz bergan saylovchi sonining 1 million 227 ming 931 nafarga yetganligini ma’lum qildi.

Turklar ko’proq yashagan Germaniya, Gollandiya, Angliya, Shveytsariya, Belgiya, Avstriya va Fransiyada ovoz berish ishlari bugun kechki paytgacha davom etadi.

Amerika Qo’shma Shtatlarida 100 ming saylovchidan 31 ming 500 nafari yani saylovchilarning 31 foizi ovoz berdi.

Saylov qutichalari Turk havo yo’llariga oid uchoqlar orqali Turkiyaga olib kelinadi.

Bu ovozlar 24-iyun kuni Turkiyadagi ovoz berish ishlari o’z nihoyasiga yetganidan keyin sanaladi.

 

 



Aloqador xabarlar