Chet elda 2 kun ichida 72 111 turk saylovchi ovoz berdi

Shu yilning 24-iyuni kuni o’tkaziladigan saylovlar munosabati bilan chet elda yashagan turk saylovchilar 7-iyundan boshlab ovoz bera boshlar ekan 2 kun ichida roppa-rosa 72 111 kishi ovoz berdi.

989649
Chet elda 2 kun ichida 72 111 turk saylovchi ovoz berdi

Shu yilning 24-iyuni kuni o’tkaziladigan muddatidan oldin prezident va parlament saylovlari munosabati bilan chet elda yashagan turk saylovchilar 7-iyundan boshlab ovoz bera boshlar ekan 2 kun ichida roppa-rosa 72 111 saylovchi ovoz berdi.

Germaniya, Avstriya va Fransiyadagi 22 konsullik okrugi hududida ovoz berish ishlari davom etmoqda.

Saylovning ikkinchi kunida 32 521 saylovchi vakolatxonalarda, 7 366 saylovchi esa bojxonalarda ovoz berdi.

Saylovning birinchi kuniga qaraganda ikkinchi kuni ovoz berganlar soni 23, 78 foizga ortdi.

Germaniyada ovoz berish ishlarining birinchi kunida 22 281 kishi, ikkinchi kunida esa 27 933 kishi ovoz berdi.  

Fransiyada birinchi kuni 5 106 kishi ovoz berar ekan ikkinchi kuni esa 6 406 kishi ishtirok etdi.

Avstriyada esa birinchi kuni 1 841, ikkinchi kuni 2 213 kishi ovoz berdi.

Ovoz berish ishlari 7-iyun kuni boshlagan dunyoning uchta mamlakati bilan bojxonalarda birinchi ikki kun ovoz berganlar soni 72 111 nafarni tashkil etdi.

Aytib o’tish joizki o’tgan yili 16-aprelda konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish va yangi hukumat tizimi bo’yicha bo’lib o’tgan referendumning birinchi kunida 6330 kishi ovoz berar ekan, ikkinchi kuni ovoz berganlar soni 13 966 nafarga yetgan edi.  



Aloqador xabarlar