Xalqaro tadqiqotlar jurnalistika mukofotiga TRT World loyiq deb topildi

Italiyada uyushtirilgan xalqaro tadqiqotlar  jurnalistika mukofoti, “ jim- jit o’lim” hujjatli kino filmi  bilan TRT World loyiq deb topildi.

986983
Xalqaro tadqiqotlar jurnalistika mukofotiga TRT World loyiq deb topildi

Italiyada uyushtirilgan xalqaro tadqiqotlar  jurnalistika mukofoti, “ jim- jit o’lim” hujjatli kino filmi  bilan TRT World loyiq deb topildi.

Turkiya  Teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan berilgan bayonotda, TRT World, “ Off the Grid”  navbatdagi hujjatli kino filmida Yaqin sharqda sodir bo’lgan  g'ayriinsoniy organ savdo aloqasini ko’zlar oldida namoyon qilgan “jim- jit o’lim” nomli  bo’limi bilan dunyoning eng nufuzli tadqiqot jurnalistika mukofotlari qatorida o’rin olgan Documentari Inchieste Giornalismi (DIG) mukofotlarida “ eng yaxshi tadqiqot” mukofotining egasi bo’lgani qayd etildi.

Berilgan bayonotda, DIG Investigative Medium Award 2018 mukofotiga loyiq deb topilgan TRT World “ Off the Grid” hujjatli kino  turkumida, Suriyadan qochgan  muhojirlar o’z  hayotlarini  davom ettirish uchun organ mafiyasi bilan olib borgan kurashini mavzu qilib olgan tadqiqotda, shunday qayd etildi:

Hujjatli kino filmda,  oilalariga oziq- ovqat olib borish umid bilan organlarini sotgan muhojirlarning boshidan o’tgan qiyin ahvolni jabr ko’rganlar hamda  inson savdogarlarning  o’z  og’zidan  eshitasiz. Hujjatli  kino film, Livanda yashagan  Suriyalik muhojirlar oziq- ovqat  va boshpana topish  imkonsiz holga kelgan ana shu kunlarda hayotini davom ettirish uchun farqli yo’llarga murojaat qilganlarini va  o’z organlarining bir bo’limini sotib hayotda qolishlarini  yoritmoqda.

Oilalarining oziq- ovqatini ta’minlash uchun boshqa chora topa olmagan Abu Ahmad va Abdullohning achinarli hikoyalari reportaj va maxsus tasvirlar bilan ekranda namoyish  etiladi. Organ savdosiga qanday kirganlarini evaziga va’da qilingan pulni hatto ola olmaganlarini va boshidan o’tgan salomatlik muammosini  dahshatini  ko’zlar oldida namoyon qiladi. Hujjatli kino  filmda alohida, ushbu g’ayriinsoniy amaliyotlarga guvoh bo’lgan bir assistent jarrohning  dahshatli reportaji ham ekranlarda namoyish etiladi.

Berilgan bayonotda, TRT Bosh direktori Ibrahim  Eren  esa masalani shunday izoh etdi:

“TRT sifatida inson bolasiga katta e’tibor berib  avvalo inson deb  asos olgan yangiliklarimizda jim- jitlarning ovozi bo’lishga davom etamiz.  Organ savdosini Livanda guvohlarini tadqiq qilib dunyo e’tiborini ushbu shafqatsiz  g‘ayriinsoniy  savdoga jalb etib “ “jim- jit o’lim” hujjatli kino filmimi mukofotlantirgan va Suriyaliklarning  achinarli ahvolini  kun tartibiga  keltirish uchun  ayniqsa Juriya   minnatdorman. TRT oilasi  sifatida ayniqsa  oxirgi paytlarda olganimiz mukofotlar tufayli baxtiyormiz.  Qozonilgan mukofotlar  uchun barcha hamkorlarimizni chin  yurakdan tabriklayman.”

 


Tanlangan kalimalar: #TRT World , #Mukofot , #Loyiq , #Suriya , #jim- jit o'lim

Aloqador xabarlar