Yunoniston Oliy sudi Turkiyadan qochgan isyonchi harbiylarga boshpana berishga qaror berdi

Turkiyaning ushbu isyonchi harbiylarni mamlakatga ekstraditsiya qilish to’g’risidagi talabi Yunoniston sudi tomonidan qabul qilinmagan edi.

977760
Yunoniston Oliy sudi Turkiyadan qochgan isyonchi harbiylarga boshpana berishga qaror berdi

Yunoniston Oliy sudi Fathulloh Gulen harakatining 2016-yil 15-iyulda sodir etgan davlatga qarshi to’ntarish tashabbusidan so’ng, mamlakatdan qochishga muvaffaq bo’lgan harbiylarga boshpana berilishi to’g’risida hukm chiqardi.

Oliy sud kengashida Yunoniston hukumatining Boshpana idorasi tomonidan isyonchi harbiylardan Sulaymon O’zkaynakchiga berilgan boshpana huquqining bekor qilinishiga doir e’tirozi ko’rib chiqildi.

Oliy sud sudyalari hukumatning qarorga doir e’tirozini rad etib, isyonchi harbiylarga boshpana huquqi berilishi to’g’risida hukm chiqardi.

Sulaymon O’zkaynakchi to’g’risida berilgan qaror boshqa bunga o’xshash sud ishida andoza bo’lganligi sababli qolgan isyonchi harbiylar ham boshpana huquqidan foydalanadi.

Yunoniston matbuotida yozilgan xabarlarga ko’ra, Yunonistondan boshpana olishga muvaffaq bo’lgan isyonchi harbiylar sayohat hujjati bilan boshqa Yevropa davlatlariga borib joylasha oladi.

Yunoniston boshpana idorasi qaroriga binoan, avvalo Sulaymon O’zkaynakchi va Ahmad Go’zal ismli isyonchi harbiyga boshpana berilishi qayd etildi.

Shuningdek, ular bilan qochgan yana ikki harbiyga 18 oylik qamoq muddati to’lgach ozod etilganligi ma’lum qilindi.

Ozodlikka chiqqan 4 harbiy qattiq nazorat ostida poytaxt Afina hududidan tashqaridagi bir uyda ushlab turilganligi aytilmoqda.

Xozirda politsiya nazorat markazida ushlab turilgan 4 nafar isyonchi harbiy shu oyning oxirida qamoq muddati to’lishi sababli ozodlikka chiqadi.

Eslatma: Turkiyaning ushbu isyonchi harbiylarni mamlakatga ekstraditsiya qilish to’g’risidagi talabi Yunoniston sudi tomonidan qabul qilinmagan edi.



Aloqador xabarlar