Elahanan Bek: "Yahudiy xalqi uchun eng xavfli mamlakat Isroildir".

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an amaliy tashrif bilan Angliyaga borar ekan u yerda Elahanan Bek va hamrohligidagi yahudiylarning “Neturey Karto” deb nomlangan xalqaro diniy harakati vakillarini qabul qildi.

972263
Elahanan Bek: "Yahudiy xalqi uchun eng xavfli mamlakat Isroildir".

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an amaliy tashrif bilan Angliyaga borar ekan u yerda Elahanan Bek va hamrohligidagi yahudiylarning “Neturei Karta” deb nomlangan xalqaro diniy harakati vakillarini qabul qildi.

Poytaxt Londondagi qabul ortidan jurnalistlarga bayonot bergan Elahanan Bek,

“Sionistlarga yordam berishlik yahudiy xalqiga hech qanday foyda bermaydi. Agar yahudiylarga yordam berishni xohlasangiz unda Turkiya Prezidentining qilgan ishini qiling” dedi.

Elahanan Bek Britaniya va Amerika hukumatini nazarda tutgan holda,

“Isroilga yordam berishlik, yahudiy xalqiga yordam berishlik degani emasligini tushunib yetishlari kerak” dedi.

Falastinliklar nomidan emas faqatgina yahudiylar haqida gap ketayotganida bugungi kunda yahudiy xalqi uchun eng xavfli mamlakatning Isroil ekanligini ifoda etgan Bek, o’z so’zini:

“Sionistlarga yordam berishlik, yahudiy xalqiga hech qanday foyda bermaydi. Agar yahudiylarga yordam berishni xohlasangiz unda Turkiya Prezidentining qilgan ishini qiling, yani elchixonangizni yopib tashlang. O’rtaga chiqib, jarang ovoz bilan Isroil davlatiga qarshi ekanligingizni ayting. Bosmachilarga qarshimiz. Mintaqada tinchlikni o’rnatishni xohlaymiz. Biz yahudiylar sifatida Isroil davlatining tinchlik yo’li bilan butunlay tarqashi uchun duo qilyapmiz. Ikkita davlat ham xohlamaymiz. Falastinliklarning dengizdan daryogacha bo’lgan bittayu-bitta davlatiga qaytishlarini qo’llab-quvvatlaymiz. U yerda yahudiylar bilan musulmonlar birgalikda, tinch-totuv yashay oladi” dega yakunladi.

 



Aloqador xabarlar