Erdog’an: "Turkiya eng avvalo strategik sheriklari tomonidan tahdid etilmoqda".

Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning eng avvalo strategik sheriklari tomonidan tahdid etilganligini qayd etdi.

956427
Erdog’an: "Turkiya eng avvalo strategik sheriklari tomonidan tahdid etilmoqda".

Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning eng avvalo strategik sheriklari tomonidan tahdid etilganligini qayd etdi.

Erdog’an xususiy bir telekanaldagi jonli efir dasturida muddatidan oldin saylov o’tkazish va kun tartibi masalalari haqidagi jurnalistlar savoliga javob berdi.

Shu doirada Prezident Erdog’an,

Nima uchun muddatidan oldin saylov o’tkazish haqida qaror qabul qilganliklari haqidagi savolga qarshi, barcha g’arb davlatlarining “tahdid proektsiyasi” ekanligini ifoda etdi.

Tahdidning eng avvalo strategik sheriklardan kelganligini ta’kidlagan Erdog’an,

“Shimoliy Suriyadagi bazalar kimga qarshi? Amerika Qo’shma Shtatlari terror tashkilotlariga bu qurol-yaroqlarni berolyapdi. Suriyaning shimoliga AQSh yuk tashuvchi mashina orqali 5 mingta qurol-yaroq yubordi. Biz pulini berib ham AQShdan qurol xarid qilib olomayapmiz lekin afsuski AQSh, koalitsiya kuchlari bu qurol-yaroqni bepul beryapdi. Demak tahdidning qayerdan kelganligi ma’lum yani strategik sheriklardan kelyapdi. Suriya tomonidan jiddiy tahdidlar olyapmiz” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an Favqulodda vaziyat jarayonida saylov o’tkazish masalasini tanqid qilganlarga qarshi, “saylov jarayonida hech qanday muammo yuz bermaydi” deb javob berdi.

Favqulodda vaziyat orqali barcha partiyalarning yana-da mustahkam, bemalol saylovoldi kompaniyasi olib borajagini ifoda etgan Erdog’an, AQSh tomonidan bu haqida berilgan bayonotlarni e’tiborga olmaganliklarini qayd etdi.

Erdog’an, 

“AQShdagi saylovlarda yuz bergan hiylalarga bizda yo’l qo’yilmaydi” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an saylovoldi kompaniyasi doirasida, hozircha qaysi davlatligi yashirin tutilgan bir davlatda, Turk fuqarolariga xitob etajagini ma’lum qildi.

Dasturda Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga ham to’xtalgan Erdog’an, oxirgi 3 yil ichida Turkiyada va chet elda yo’q qilingan terroristlar sonining 16 ming 650 nafarga yetganligini ham ilova etdi.



Aloqador xabarlar