Turkiya qurolli kuchlari:"22 mart kuni Afrinda og'ir yaralangan askarimiz halok bo'ldi"

Turkiya qurolli kuchlarining Suriya shimolida olib borayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti jarayonida qo’lbola bombaning portlashi oqibatida og’ir yaralangan askar shifoxonada hayotdan ko’z yumdi.

940118

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi yozma bayonot berdi.

“22 mart kuni Afrin tumani hududida olib borilgan harbiy amaliyot jarayonida og’ir yaralangan askar shifoxonada doktorlarning barcha urinishlariga qaramay olamdan o’tdi”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, “Bizlarni chuqur iztirobga solgan bu voqeada halok bo’lgan aziz shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Avvalo halok bo’lgan askarimizning motamsaro oilasiga, qolaversa Turkiya qurolli kuchlariga va ulug’ turk xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Barchaga sabr tilaymiz”,-deya ilova qilinadi bayonotda.

Aloqador xabarlar