Turkiya prezidentlik kotibi Ibrohim Kalin CNN International mehmoni...

Turkiya prezidentlik kotibi Ibrohim Kalin CNN International telekanalida efirga uzatilgan ko’rsatuvda savollarga javob berdi.

933482
Turkiya prezidentlik kotibi Ibrohim Kalin CNN International mehmoni...

Turkiya prezidentlik kotibi Ibrohim Kalin CNN International telekanalida efirga uzatilgan ko’rsatuv mehmoni bo’ldi.

Ibrohim Kalin Turkiya qurolli kuchlarining Afrinda olib borgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotida Afrin butunlay terroristlardan ozod etilganligini ma’lum qildi.

Turkiya qurolli kuchlari “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotini Afrinni terroristlardan tozalash maqsadida amalga oshirganligini tilga olgan Ibrohim Kalin: “PKK BMT va AQSh tomonidan terror tashkiloti sifatida tan olingan. Agar, BMT va AQSh terrorizmga qarshi kurashda samimiy bo’lsa, Turkiyaning chegaralarini bu terror unsurlaridan bartaraf etishimizni qo’llab quvvatlasinlar”,-dedi.

Harbiy amaliyot jarayonida tinch aholidan uylarini tark etishi talab qilinmaganligini tilga olgan Kalin, PYD va YPG tinch aholining tumandan chiqib ketishiga ruxsat bermagan holda, ulardan jonli qalqon sifatida foydalanganligini eslatdi.

Asosan, g’arb mediasida PYD/PKK bilan kurd xalqini bir-biridan ajrata olmaganligini isbotlovchi juda ko’p mulohazalarga duch kelganligiga e’tibor qaratgan Kalin: “Bu barcha musulmonlar DAIShdir” deyish bilan barobardir. Afrin aholisi PYD va PKKning zulmi tufayli o’z vatanini tark etishga majbur bo’ldi. Biz tinch aholining o’z uylariga qaytib kelishini xohlaymiz”,-dedi.

CNN muhbirining mintaqadagi kurdlar etnik qirg’inga duch kelishdan xavotirda ekanligi haqida savoliga javob bergan Ibrohim Kalin: “Etnik qirg’inmi? Kim etnik qirg’in qilyabdi ekan? Bu juda xunuk iddao”,-deya muhbirning savolini tanqid qildi.

“Suriya ozodlik armiyasi ichida jang qilgan kurdlar bor. Afrin tumanini terroristlardan qutqarishga kirishganlar orasida ko’plab kurdlar bor. Muammo ham shunda. Afsuski, g’arb mediasidagi ba’zi ekspertlar PKKga a’zo bo’lmagan kurdlarni kurd sifatida tan olmaydilar. PYD/YPGni xuddi kurdlarning yagona vakili sifatida ko’rmoqdalar. Bu to’g’ri emas. PKKning Marksist ideologiyasini baham ko’rmagan minglab xatto yuzminglab kurdlar mavjud. Bu jarayonda yangi tarixning kinoyasiga duch kelyabmiz. AQSh Suriyada afsuski, o’zini Marksist-Leninist tashkilotni ittifoqdosh sifatida tanladi. Biz o’tmishda ham, Obama davrida ham, xozirgi AQSh hukumati davrida ham DAIShga qarshi kurashning PKKga a’zo bo’lmagan kurdlar, arablar, turkmanlar va boshqa suriyaliklardan tashkil topgan kuchlar tomonidan olib borilishi kerakligiga doir takliflar kiritdik”,-dedi Turkiya prezidentilik kotibi Ibrohim Kalin.

Xozirda Turkiya va AQSh munosabatlarida ikki mavzu ko’ndalang turganligini, bulardan birinchisi AQShning PYD/PKKga harbiy yordam ko’rsatishi ekanligini tilga olgan Ibrohim Kalin: “Bir ittifoqdosh yoki strategik hamkor bunday terror tashkiloti bilan qanday hamkorlik qilyabdi tushunish qiyin”,-dedi.

Ikki davlat o’rtasidagi ikkinchi muammolardan biri AQShdagi Fathulloh Gulen harakati ekanligini tilga olgan Kalin, bu muammoni hal qilish uchun AQShdan ishonch orttiruvchi shaxdam qadam kutib qolishini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar