Yunonistondagi Turkiya konsullik boshqarmasi yaqinidagi politsiya kulbasiga hujum qilindi

Bu voqeaning Turkiya konsullik boshqarmasiga aloqasi yo’qligi taxmin qilinmoqda.

927169
Yunonistondagi Turkiya konsullik boshqarmasi yaqinidagi politsiya kulbasiga hujum qilindi

Yunonistonning Selanik shahridagi Turkiya konsullik boshqarmasi yaqinida joylashgan politsiya kulbasiga hujum qilindi.

Yunoniston politsiyasi ma’lum qilishicha, kecha kech soatlarda kimligi noma’lum kishilar tomonidan politsiya kulbasiga portlovchi modda va toshlar bilan hujum qilingan.

Voqeada uchta mashina zarar ko’rgan.

Yona boshlagan mashinalar o’t o’chiruvchilar tomonidan o’chirilgan.

Konsullik boshqarmasi binosi oldidagi politsiya kulbasiga bundan oldin ham hujum qilingandi.

Hujumning Turkiya konsullik boshqarmasiga aloqasi yo’qligi taxmin qilinmoqda.



Aloqador xabarlar