Afrin amaliyoti doirasida Jinderes qishlog’i nazorat ostiga olindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan "Zaytun novdasi" amaliyoti doirasida tumanning Jinderes qishlog’i nazorat ostiga olindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

925863
Afrin amaliyoti doirasida Jinderes qishlog’i nazorat ostiga olindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 3171 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida quriqlikdan va havodan bugun uyushtirilgan amaliyotlar natijasida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolaridan yana 82 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

Bunga ko’ra amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan jami terroristlar sonining 3171 nafarga yetganligi ham qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, Zaytun novdasi amaliyoti doirasida Afrinning janubi-g’arbidagi Jinderes qishlog’ining nazorat ostiga olinganligi ifoda etildi.

Aytib o’tish joizki bugun TQK va Erkin Suriya armiyasi Afrin tuman markazi chegaralariga kirib bordi.

Kirib borish chog’ida Afrin va Azezni suv bilan ta’minlagan ombor ham nazorat ostiga olindi.

TQK Shavarighat al-Javiz va Melkiye, Halobu va Kurt Farmez nomidagi qishloqlarni ham terroristlar qo’lidan qutqardi.

TQK va ular amaliyotini qo’llab-quvvatlagan ESA kuchlari amaliyot boshlaganidan beri YPG/ PKK-DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Afrinda 5 ta shaharcha markazi, 125 ta qishloq, 30 ta strategik tepalik bo’lish bilan birga jami 160 nuqtani nazorat ostiga oldi.



Aloqador xabarlar