“Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida yana ikkita qishloq terroristlardan qaytarib olindi

Turk Qurolli kuchlari va Erkin Suriya armiyasi tomonidan Suriyaning Afrin mintaqasida olib borilgan “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida yana ikkita qishloq terroristlardan qaytarib olindi.

912139
“Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida yana ikkita qishloq terroristlardan qaytarib olindi

Turk Qurolli kuchlari va Erkin Suriya armiyasi tomonidan Suriyaning Afrin mintaqasida olib borilgan “Zaytun novdasi” amaliyotida yana ikkita qishloq terroristlardan qaytarib olindi.

Zaytun novdasi amaliyotining 28-kunida TQK va ESA Afrinning g’arbidagi Raju shaharchasiga qarashli Hasan Kelkavi va Jeleme qishloqlarini PYD/ PKK terror tashkilotidan qutqardi.

TQK bilan ESA “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlagan 20-yanvardan beri PYD/ PKK tomonidan bosib olingan Suriyaning Afrin mintaqasining 5 shaharchasini (ulardan biri shahr markazi) 44 qishlog’ini, 3 mahallasini va 17 ta styrategik tog’ yoki tepalik bolish bilan birga 65 nuqtasini tashkilotdan qutqardi.

Shu bilan birga amaliyot doirasida Hatayning Reyhanli, Kirikhan va Hassa tumanlari roparasidagi terror mavzelari vayron qilindi.

Aytib o’tish joizki chegaradagi harbiylarga tank, askarlarni tashiguvchi zirhli transport va yengil avtomobil yetkazib berish faoliyatlari ham davom etmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar