Turkiya va Makedoniya o’rtasidagi erkin tijorat shartnomasi kengaytirildi

Turkiya bilan Makedoniya o’rtasida erkin tijorat shartnomasini kengaytirish to’g’risida mushtarak komitet qarori imzolandi.

900448
Turkiya va Makedoniya o’rtasidagi erkin tijorat shartnomasi kengaytirildi

Turkiya bilan Makedoniya o’rtasida erkin tijorat shartnomasini kengaytirish to’g’risida mushtarak komitet qarori imzolandi.

Ushbu qaror Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi bilan Makedoniya iqtisodiyot vaziri Kreshnik Bekteshi tomonidan imzolandi.

Eslatish joizki, ikki davlat o’rtasida erkin tijorat shartnomasi 2000 yilda imzolangan edi.

Mazkur qaror asosida nafaqat Turkiya va Makedoniya o’rtasidagi integratsiya, qolaversa mintaqaviy integratsiyani kangaytirish yo'li bilan o’zaro savdo hajmiga hissa qo’shish maqsad qilinmoqda.

Bundan tashqari, faqatgina tovar tijoratini o’z ichiga olgan mavjud erkin tijorat shartnomasi xizmatlar, investitsiyalar va elektron-savdo xizmatini ham o’z ichiga oladigan shaklda kengaytiriladi.

Shuningdek, qishloq-xo’jaligi mahsulotlari tijoratidagi mavjud vaziyatni yanada takomillashtirish xususida yaxshi niyat bayonnomasi ham mavjud.

 

 



Aloqador xabarlar