Bugun “Zaytun novdasi” amaliyotining to’rtinchi kuni

Erkin Suriya armiyasi qo’llab-quvvatlagan Turk Qurolli kuchlari kecha Halab tumanlaridan yana biri Azezda amaliyot boshlatib, strategik jihatdan katta ahamiyat kasb etgan Burseya tog’ining nazoratini qo’lga kiritdi.

895176
Bugun “Zaytun novdasi” amaliyotining to’rtinchi kuni

Turk Qurolli kuchlarining Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanidagi terror tashkilotini yo’q qilishga qaratilgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyotning boshlaganiga bugun 4 kun bo’ldi.

Erkin Suriya armiyasi qo’llab-quvvatlagan Turk Qurolli kuchlari kecha Halab tumanlaridan yana biri Azezda amaliyot boshlatib, strategik jihatdan katta ahamiyat kasb etgan Burseya tog’ining nazoratini qo’lga kiritdi.

Tog’ning boshqa tomonida terroristlar bilan kelib chiqqan to’qnashuv esa davom etmoqda.

Chegara mintaqasidagi birliklardan mintaqaga qarshi gaubitsa to’pi otilmoqda.

Mintaqaning terroristlardan tozalanishi bilan Turkiya chegara liniyasi, Azez va atrofidagi suriyalik tinch aholining xavfsizligiga qaratilgan tahdidlarning kamayishi ma’lum qilindi.

Amaliyotda bugungacha 170dan ortiq terror pozitsiyasining yo’q qilinganligi qayd etildi.

Kecha berilgan oxirgi bayonotga ko’ra yana 3 nuqta terror tashkilotlaridan qutqarildi.  



Aloqador xabarlar