Hulusiy Akar Suriya chegarasida tekshirish va nazorat qilish faoliyatlari yuritdi

General Hulusiy Akar, “Zaytun novdasi” operatsiyasi doirasida Suriyaning Afrin viloyati chegarasidagi mamlakatning Hatay viloyatida tekshirish va nazorat qilish faoliyatlari yuritdi.

893750
Hulusiy Akar Suriya chegarasida tekshirish va nazorat qilish faoliyatlari yuritdi

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar, “Zaytun novdasi” operatsiyasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti shartnomasi va xalqaro huquq asosida olib borilayotganligini qayd etdi.

General Hulusiy Akar, “Zaytun novdasi” operatsiyasi doirasida mamlakatning Hatay viloyatida tekshirish va nazorat qilish faoliyatlari yuritdi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra general Hulusiy Akarga Quruqlik kuchlari qo’mondoni general Yashar Guler, Harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni vitse-admiral Adnan O’zbal va Harbiy-havo kuchlari qo’mondoni general Hasan Kuchukakyuz hamrohlik qilgan.

Amaliyotning PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilolarini yo’q qilish maqsadida amalga oshirilayotganligini belgilab o’tgan Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar, TQKning bu doiradagi faoliyatlarini BMT shartnomasining 51-moddasida o’rin olgan Qonuniy mudofaa haqqi va Birlashgan Milatlar Tashkiloti xavfsizlik kengashining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha qabul qilingan qarorlari asosida xalqaro huquqqa tayangan holda yo’lga qoyganligini, operatsiya chog’ida faqatgina terroristlarga oid mavzelarning nishonga olinganligini, tinch aholi va gunohsiz insonlarning ziyon ko’rmasligi uchun har qanday diqqat va e’tiborning ko’rsatilganligini ifoda etdi.

Faoliyatlarning, Suriyaning hududiy yaxlitligiga hurmat ko’rsatilgan holda ijro etilganligini ta’kidlagan general Akar, operatsiyaning maqsadlaridan yana birining do’st va qardosh mintaqa xalqini terroristlarning zulmidan qutqarish ekanligiga e’tibor qaratdi. General Hulusiy Akar, operatsiya doirasida ko’rsatgan qahramonlik va fidokorliklari uchun turk askarlarini tabriklab, muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiyaning Kilis viloyatining shahar markaziga Suriyaning Afrin viloyatidan otilgan 4 ta raketa kelib tushdi. Afrindagi PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD a’zolari tomonidan Turkiya vaqti bilan soat 20:00 chog’larida ketma-ket otilgan raketalar 4 ta uyga tegdi. Voqea joyiga politsiya xodimlari, o’t o’chiruvchilar va shifokorlar yuborildi. Tan jarohati olgan 7 kishi, Kilis davlat kasalxonasiga yotqizildi. Portlash yuzasidan avtoparkdagi ba’zi mashinalar ziyon ko’rdi, uy-joylar va ishxonalarning derazalari sindi. Shu bilan birga hujum ortidan chegaradagi artilleriya birliklari tomonidan, terroristlar pozitsiyasi o’qqa tutildi.

Aytib o’tish joizki Turk Qurolli kuchlari “Zaytun novdasi” deb nomlangan operatsiya doirasida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD a’zolari tomonidan bosib olingan Afrinda roppa-rosa 11 nuqtani qo’lga olib, olg’a xavfsiz qadam tashlash liniyalari tashkil etdi. TQK va operatsiyani qo’llab-quvvatlagan Erkin Suriya armiyasi kuchlari, tong saharlab boshlagan quruqlik harakatida Afrinning Rajo va Bulbul shaharchalariga qarashli Shenkal, Kurni, Bali, Edamanli qishloqlari bilan Kita, Kordo va Bibno fermer xo'jaliklari, Suriyaning Tel tepasi bilan 240-tepa deb nomlangan nuqtalardan tashqari yana ikkita tepani terroristlardan qaytarib oldi. Bunga ko’ra quriqlik harakatining birinchi kunida Afrinning shimol, shimoli-g’arbi va g’arb mintaqalariga kirilgan bo’ldi. 

 

 



Aloqador xabarlar