Prezident Erdog’an Quddus fojeasining ramziga aylangan Junidiyni qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Amerika Qo’shma Shtatlarining 6-dekabr kuni Quddusni “Isroilning poytaxti” deb e’lon qilishi ortidan boshlagan norozichilik namoyishlarida, namoyishning ramziga aylangan Fevzi al-Junidiyni qabul qildi.

891067

Junidiy, Prezidentlik qarorgohidagi qabulga, otasi Muhammad al-Junidiy bilan keldi.

Qabulda Prezident Erdog’anning yonida Bosh vazir Binali Yildirim ham bor edi.

Erdog’an Junidiyning fotosurati ham taqdim etilgan “Anadolu” axborot agentligi tomonidan uyushtirlgan va “2017-yilning eng yaxshi fotosurati” deb nomlangan tanlovda  “eng yaxshi” deb topilgan falastinlik jurnalist Wisam Hashlamounning “Norozichilik namoyishining ramzi 16 yoshdagi bola” deb nomlangan fotosuratini ko’rsatib, “Men buni tanladim” dedi.

Qabul yakunida Prezident Erdog’an bilan Bosh vazir Binali Yildirim Junidiy va uning otasi bilan esdalik uchun suratka tushdi.  

Aloqador xabarlar