Binali Yildirim:"2018 yil Turkiyada terrorizm bartaraf etilgan yil bo'ladi"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Xavfsizlik bosh boshqarmasiga tashrif buyurdi.

879414
Binali Yildirim:"2018 yil Turkiyada terrorizm bartaraf etilgan yil bo'ladi"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Xavfsizlik bosh boshqarmasiga tashrif buyurdi.

Binali Yildirim 2018 yil Turkiyada terrorizm muammosi tubdan bartaraf etiladigan yil bo’lishini tilga oldi.

“Biron narsani uddalash uchun avvalo ishonish kerak. Mamlakat xavfsizlik boshqarmasi katta ishonch bilan terrorizmga qarshi kurashdagi g’ayratini kundan kunga oshirmoqda. Kordinatsiya juda muhim. Politsiya, jandarm, qo’riqchi, askar. Bularning barchasi terrorizmga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilmoqda. Bu natijaga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda”,-dedi Binali Yildirim.

“Agar, bir-birimizdan ma’lumotni yashirsak, agar o’rtamizda aloqa uzilgan bo’lsa, bundan nafaqat xavfsizlik kuchlari balki xalqimiz zarar ko’radi”,-deya ta’kidlagan Binali Yildirim 15 iyul voqealarida halok bo’lgan shahidlarni hurmat bilan yodga oldi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar