Misr Turkiya bilan munosabatlarni qayta tiklamoqchi...

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Samih Shukru Turkiya bilan Misr o’rtasidagi sovuqchilikni bartaraf etish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

874964
Misr Turkiya bilan munosabatlarni qayta tiklamoqchi...

Misr Turkiya bilan munosabatlarni qayta tiklamoqchi.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Samih Shukru Turkiya bilan Misr o’rtasidagi sovuqchilikni bartaraf etish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

U “Ahbar al-Yavm” gazetasiga bergan intervyusida ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashdan umidvorligini tilga oldi.

“Shubhasiz, Turkiya va Misr xalqlarini bir-biriga bog’lab turgan jihatlar juda ko’p. Ikki xalq qarindoshlik aloqalari va mushtarak tarixiy merosga ega. Shu sababli aloqalarimizni yaxshilashni istaymiz. Misr bunga har doim tayyor”,-dedi Samih Shukru.

Qohira va Ankara o’rtasidagi aloqalarga e’tibor qaratgan Samih Shukru: “Biz Turkiya bilan Misr o’rtasidagi har qanday kelishmovchilikni bartaraf etishga moyil ekanimizni doimo aytib keldik”,-dedi.

Uning aytishicha, Misr doimo xalqaro munosabatlarni o’zaro hurmat asosida barpo etishga harakat qiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Turkiya , #munosabatlar , #Ankara , #Qohira

Aloqador xabarlar