Misrdagi terakt munosabati bilan Turkiya bugunni “motam kuni” deb e’lon qildi

Turkiya o’tgan haftaning juma kuni Misrdagi “al-Ravda” nomidagi jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan terakt munosabati bilan bugunni “rasmiy motam kuni” deb e’lon qildi.

855588

Shunday ekan bugun 27-noyabr kuni Turkiya va chet eldagi vakolatxonalardagi Turk bayroqlari tushirildi.

Bosh vazirlik apparati qoshidagi Matbuot markazidan berilgan yozma ravishdagi bayonotga ko’ra “al-Ravda” nomidagi jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan terakt oqibatida jon berganlar hurmatiga bir kunlik “milliy motam kuni” deb e’lon qilingan.

Qabul qilingan qaror doirasida 27-noyabr dushanba kuni kun botgunga qadar Turkiya va chet eldagi vakolatxonalardagi Turk bayroqlari tushiriladi.

Aytib o’tish joizki Misrning Arish shahridagi “al-Ravda” jome’ masjidiga qaratilgan hujumda 305 kishi jon bergan edi.

Misr Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan yozma ravishdagi bayonotda hujumning DEASh terror tashkiloti tomonidan amalga oshirilganligi qayd etilgan edi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Misr , #al-Ravda , #terakt , #motam kuni

Aloqador xabarlar