Prezident Erdog’an Vena aeroportidagi turkiyalik yo’lovchilar vaziyatiga e’tiroz bildirdi

Erdog’an vafotining 14-yilligida Aliya Izetbegovichni yodga olish marosimida o’tgan hafta Avstriyadan Turkiyaga kelishga harakat qilgan turkiyalik yo’lovchilarning Vena aeroportida, itlar orqali tintuv qilinganligi haqidagi tasvirlarga e’tiroz bildirdi.

832748
Prezident Erdog’an Vena aeroportidagi turkiyalik yo’lovchilar vaziyatiga e’tiroz bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Yevropaning Bosniyada jon berib, Suriyada ko’milganligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an vafotining 14-yilligida Aliya Izetbegovichni yodga olish marosimida nutq so’zladi.  

Erdog’an o’z nutqida o’tgan hafta Avstriyadan Turkiyaga kelishga harakat qilgan turkiyalik yo’lovchilarning Vena aeroportida itlar orqali tintuv qilinganligi haqidagi tasvirlarga e’tiroz bildirdi.

Roppa-rosa to’rt yil yani 1991-yildan 1995-yilgacha davom etgan Yugoslaviyaning ichki urushida serblar tomonidan bosniyaliklarning qatl qilinish chog’ida Yevropaning sinovdan yaxshi o’tolmaganligiga e’tibor qaratgan Erdog’an,

“Yevropa Bosniyada jon berib, Suriyada ko’milgan ekan. Qirg’oqdagi gunohsiz bolalar jasadi esa G’arb madaniyatining qabri hisoblanadi. Afsuski oxirgi 7 yil mobaynida qadimiy Yevropa qadriyatlari o’z egalari tomonidan e’tiborsizlashtirilib, birma-bir yo’q qilindi” dedi.

“Terror hujumi uyushtirganlar buddist, xristian yoki yahudiy bo’lib chiqsa hech kimning ovozi chiqmaydi lekin musulmon bo’lsa vahima ko’tariladi. Biz terroristlar musulmonlardan chiqsa ham, DEAShning terror tashkiloti ekanligidan tonmayapmiz. Ularga qarshi kurash olib bormoqdamiz” degan Prezident Erdog’an   

“Inson huquqlari, demokratiya, xalq irodasi va erkinlik kechagina bosniyaliklarga ravo ko’rilmayotgan edi. Bugungi kunda esa suriyaliklariga, falastinliklarga, liviyaliklarga ravo ko’rilmayapdi. Mazlumlar va zolimlar o’zgarsa ham zulmni tribunada o’tirib tomosha qilganlar o’zgarmadi, o’zgarmayapti” dedi.

Yevropalik liderlardan Turkiyani nishonga olishini bir chetga qoyib sog’lom fikr yuritishga o’tishlarini kutganliklarini ta’kidlagan Prezident Erdog’an,

“Chet elliklarga bo’lgan dushmanlikni kuchaytirishning hechkimga foydasi yo’q. Islom diniga qarshi kurashish yo’li orqali hukmronlik qilishni orzu qilishlik befoyda. Yevropaning Turkiyasiz safar qilishi yolg’izlik, chorasizlik baxsh etadi xolos. Turkiya Yevropaga muhtoj emas aksincha muhtoj bo’lgan Yevropadir. Ular buni ko’rmaslikga olishsa ham vaqt o’tishi bilan xroniklashgan muammolar faqatgina Turkiya bilangina hal qilina oladi. Turkiyaning to’laqonli a’zoligi bilan albatta” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar