Prezident Erdo'g'an, D-8 davlatlari orasidagi tijoratga diqat qaratdi

Prezident Erdo'g'an, D-8 davlatlari orasida tijoratda mahalliy pul birligidan foydalanish yo'li ochilsa buning bir inqibol bo'lishini izohladi.

831529
Prezident Erdo'g'an, D-8 davlatlari orasidagi tijoratga diqat qaratdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, D-8 davlatlari orasida tijoratda mahalliy pul birligidan foydalanish yo'li ochilsa buning bir inqibol bo'lishini izohladi.

"Hamkorlik orqali fursatlar ortadi" mavzusi bilan o'tkazilgan "D-8 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 9. sammiti" Turkiya mezbonligida boshladi.

Istanbulda bo'lgan sammitda so'zlagan Erdo'g'an, "Davlatlararo tijoratda mahalliy pul birligidan foydalalansak bu D-8 tarixida bir inqilob bo'ladi. Kurs bosimi, dollar va yevro bosimiga uchragan iqtisodiyotimizni qiynashga hojat yo'q" dedi.

Hamma narsa o'zgarib borgan bir dunyoda D-8 ning joyida turishi qabul qilinmas bo'lganiga diqat qaratgan Erdo'g'an, "Yangi sheriklarimiz bilan yo'limizni davom etishimiz kerak, rivojlanishdan qo'rqmaslik kerak. Qaror beruvchilarning ovoz birligi o'rniga sifatli ko'pchilik kabi imkoniyatlar berish lozim. Chunki ovoz birligi tizimi bir kun to'xtab qoladi" deb ifoda etdi.

Prezident Erdo'g'an, sammitdan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ham, D-8 ning rivojlanib D-20 ga chiqishini bu doirada kerakli qadamlar tashlanishini izohladi. 

Adolatli bir dunyo uchun vujudga kelgan D-8 ning, bugun so'zda demokratiya beshigi bo'lganini da'vo qilgan dalatlardan booshqalari ham bo'lgani uchun chetlagan millionlab inson borligini ifoda etgan Erdo'g'an, "D-8 sammitida xalqaro  tashkilotlarning bunga qarshi sassiz qarab tura olmaydi" deb ifoda etdi.

Sammitda qisqa va o'rta muddatli dasturlar mavzusida kelishganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, imtiyozli savdo, viza va boshxona shartnomasini barcha davlatlarning tasdiqlashi va kuchga qo'yishining asosiy maqsad bo'lganini bildirdi.

Turkiya, Eron, Pokiston, Bangladesh, Malayziya, Misr va Nigeriyadan tashkil optgan D-8, 1997 yili vujudga kelgan edi.



Aloqador xabarlar