Nigeriya prezidenti Muhammadu Buhoriy Turkiyada...

Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’an prezidentlik saroyida Nigeriya prezidenti Muhammadu Buhoriy bilan uchrashdi.

830561
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buhoriy Turkiyada...

Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’an prezidentlik saroyida Nigeriya prezidenti Muhammadu Buhoriy bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’an Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurashda Nigeriyadan hamkorlik qilishni talab qildi.

“Men uchun Boko Harom terror guruhi, Fathulloh Gulen harakati yoki DAISh o’rtasida hech qanday farq yo’q. Nomi, maqsadi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, bu tashkilotlarning barchasi begunoh insonlarning qoni bilan to’yingan qotil to’dalardir”,-deydi Turkiya prezidenti.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya ulkan salohiyatga ega bo’lgan Nigeriya bilan mudofaa, ta’lim va boshqa bir qancha soha bo’yicha fikr almashdi.

“Nigeriyaning taraqqiy etishi uchun turk ishbilarmonlari xizmatga tayyor”,-deya ta’kidladi Turkiya prezidenti.

182 mln aholiga ega bo’lgan qit’aning markazida joylashgan Nigeriyada Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi o’z filialini ochishni rejalamoqda.



Aloqador xabarlar