Turkiya Oliy majlisi Iroq va Suriyada harbiy operatsiyaga ruxsatni 1 yilga uzaytirdi

Chegara orti harbiy amaliyotini o’tash bo’yicha hukumatga berilgan vazifa 2017 yilning 30 oktyabr kunidan e’tiboran yana bir yilga cho’zilganiga doir qaror rasmiy gazetada e’lon qilindi.

812835
Turkiya Oliy majlisi Iroq va Suriyada harbiy operatsiyaga ruxsatni 1 yilga uzaytirdi

Turkiya Oliy majlisi kecha 23 sentyabr kuni bo’lib o’tgan navbatdan tashqari yig'ilishida Turkiya qurolli kuchlarining Iroq va Suriyaga nisbatan chegara orti harbiy amaliyotini o’tash uchun ruxsatni yana bir yilga uzaytirdi.

Bunga doir qonun loyihasi kecha Turkiya Oliy majlisidagi 3 ta partiya vakillari, jumladan Adolat va taraqqiyot partiyasi, Jumhuriyat xalq partiyasi va Milliyatchi harakat partiyasi vakillari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

Kurdlarni qo'llab-quvvatlovchi Xalq demokratiyalari partiyasi bunga qarshi chiqdi.

Chegara orti harbiy amaliyotini o’tash bo’yicha hukumatga berilgan vazifa 2017 yilning 30 oktyabr kunidan e’tiboran yana bir yilga cho’zilganiga doir qaror rasmiy gazetada e’lon qilindi.

Rasmiy gazetada chop etilgan qarorda zarur bo’lgan taqdirda, Turkiya qurolli kuchlarining chegara ortida harbiy harakat olib borishi uchun xorij davlatlariga jo’natilishi va xuddi shu maqsadlar bilan xorij davlatlarning qurolli kuchlari ham Turkiyada xizmat o’tashi hamda bu kuchlarning Turkiya hukumati tomonidan belgilanadigan asoslarga ko’ra qo’llanilishi uchun Turkiya Oliy majlisining 2016 yil 1 oktyabrda hukumatga bergan bir yillik ruxsat muddati yana bir yilga cho’zilgani ma’lum qilindi.

Yig’ilishda Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi raisi Mesud Barzaniyning mustaqillik referendumini o’tkazish faoliyati qoralandi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli: “Tahlikani bartaraf etish uchun davlatning barcha imkoniyatlari ishga solinadi”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar