MXK, SHIKBning referendum o'tkazishining qonuniy bo'lmaganini izohladi
MXK, Shimoliy Iroq Kurt boshqaruvining (SHIKB) referendum o'tkazishining qonuniy bo'lmaganini izohladi.

Turkiya Milliy Xavfsizlik Kengashi (MXK), Shimoliy Iroq Kurt boshqaruvining (SHIKB) referedum o'tkazishining qonuniy bo'lmaganini izohladi.
Kengash Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an boshchiligida 3 soat davom etgan yig'ilish ortidan, bildiruv chop etdi.
Bildiruvda, SHIKBning, 25-sentyabr kuni o'tkazishni rejalashtirgan referendumning qonuniy bo'lmagani uchun qabul qilinmas ekani ifoda etildi.
Referendumning, Turkiyaning milliy xavfsizligini tahdit etgani takidlangan bildiruvda, 'SHIKBning, ogohlantiruvlarga qaramasdan, referendum o'tkazgan taqdirda Turkiya, xalqaro va o'zaro shartnomalar doirasida o'z haqlarini mudofaa etadi' degan ifoda diqqat tortdi.
MXKning bildiruvida, Turkiyaning, SHIKB bilan markaziy Iroq hukumati o'rtasidagi masalalarga yechim topishga tayyor bo'lganiga ham to'xtalib o'tildi.