Turkiya gumanitar yordam tashkilotlari Arakan musulmonlari uchun safarbarlik e’lon qildi

Bangladesh-Arakan chegarasidagi Balukali qochqinlar lagerida Turkiyaga qarashli gumanitar yordam tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat tarqatilmoqda.

809055
Turkiya gumanitar yordam tashkilotlari Arakan musulmonlari uchun safarbarlik e’lon qildi

Turkiya gumanitar yordam tashkilotlari Arakan musulmonlari uchun safarbarlik e’lon qildi.

Bangladesh-Arakan chegarasidagi Balukali qochqinlar lagerida Turkiyaga qarashli gumanitar yordam tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat tarqatilmoqda.

Xozirda Balukali qochqinlar lagerida taxminan 100 ming atrofida rohingya musulmonlari jon saqlamoqda.

Myanmaning Arakan viloyatida qurolli kuchlar va buddist millatchilar zulmidan qochgan rohingya musulmonlari o’ta qiyinchilik bilan lagerga yetib kelmoqda.

Bundan tashqari, “Sadaqatoshi” jamg’armasi tomonidan ta’minlangan gumanitar yordamlar ham Balukali lageriga yetib keldi.

AQShdagi diyonat markazida Arakandagi rohingya musulmonlarini qo’llab quvvatlash maqsadida namoyish o’tkazildi.

Poytaxt Vashingtonga yarim soat uzoqlikda joylashgan Maryland shtatida o’tkazilgan namoyishga 20dan ortiq amerikalik musulmon nodavlat tashkilotlari qatnashdi.

Arakanda tinch aholiga nisbatan sodir qilinayotgan qatliomlarda 25 avgustdan beri minglab musulmon halok bo’ldi.

Myanma hukumati hududga kirish va chiqishlarga ruhsat bermayotir, shu sababli qurbonlar sonini aniqlash amri mahol.

Eslatma: Etnik qirg’inda taxminan 200 qishloq qurolli kuchlar va buddist millatchilar tomonidan vayron qilingan yoki umuman yoqib yuborilgan.

10 mingdan ziyod musulmon hamon o’z vatanidan qochishga chora qidirmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar