Chavusho’g’li Merkel va Schulz o’rtasidagi Turkiya munozarasini baholadi

Chavusho’g’li Sloveniyada bo’lib o’tgan navbatdagi Bled Strategik forumda ishtirok etib, “Yangi haqiqat uchun, yangi bir nigoh” deb nomlangan panelda ishtirokchilarga xitob etdi.

801179
Chavusho’g’li Merkel va Schulz o’rtasidagi Turkiya munozarasini baholadi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu, Yevropa ittifoqi mamlakatlaridagi markaziy partiyalarning hamasining bir xil ravishda, irqiy mazmundagi ifodalardan foydalanayotganini bildirdi.

Chavusho’g’li Sloveniyada bo’lib o’tgan navbatdagi Bled Strategik forumda ishtirok etib, “Yangi haqiqat uchun, yangi bir nigoh” deb nomlangan panelda ishtirokchilarga xitob etdi.

Panelning boshida Turkiyaning, Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish jarayoni to’g’risidagi Germaniyadagi muzokaralar haqida berilgan savolga qarshi janob Chavusho’g’li, Germaniya kantsleri lavozimiga shu bilan to’rtinchi marotaba o’z nomzodligini qo’ygan Angela Merkel bilan Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi nomidan kantsler lavozimi uchun nomzod etib ko’rsatilgan Martin Schulz o’rtasidagi munozarada mamlakatning ichki muammolariga qaraganda ko’proq Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban haqida so’z ketayotganligini ifodaladi.     

Ba’zi Yevropa ittifoqi tarkibidagi mamlakatlarda populizmning avj olganligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li, buning sababining radikal partiyalarning mustahkamlanishi, markaziy partiyalarning esa o’z kuchini yo’qotishi sabab bo’lganligini qayd etdi.  

Markaziy partiyalarning irqchi partiyalar ifodalaridan foydalangan holda qo’ldan boy bergan ovozlarini qaytarib olishga harakat qilganligini ta’kidlagan Chavusho’g’li o’z so’zini quyidagidek davom etdi:

“Shunday ekan bir o’zgarish bor. Afsuski YI tarkibidagi mamlakatlarning markaziy partiyalari, bir xil ravishda irqchi mazmundagi ifodalardan foydalanmoqda. Germaniyadagi saylov Germaniyada bo’lib o’tmoqda. Turkiya yoki Vengriyada emas albatta. Shuning uchun ham ular o’zlarining ichki mumammolariga yo’nalsalar yana da yaxshiroq bo’lar edi”.

YI a’zoligining Turkiya uchun haligacha strategik bir maqsad ekanligini ta’kidlagan Chavusho’g’li,

“Turkiyaning qaysidir bir davrni boshlatish yoki tamomlash, texnik masalalarni qo’lga olish yoki muzokara qilish kabi muammosi yo’q. Muammo, biz duch kelgan siyosiy masaladangina iborat” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar