Turkiya-Eron chegarasi beton devorlar bilan to'silmoqda

Turkiya-Eron chegarasiga noqonuniy o’tish holatlarini oldini olish maqsadida taxminan 144 kmlik devor quriladi.

786614
Turkiya-Eron chegarasi beton devorlar bilan to'silmoqda

Turkiya-Eron chegarasiga noqonuniy o’tish holatlarini oldini olish maqsadida taxminan 144 kmlik devor quriladi.

Bunga doir Turkiya milliy mudofaa vazirligi va Bosh vazirlik ommaviy turar-joy idorasi (TOKI) o’rtasida protokol imzolandi.

Protokolga ko’ra, TOKI tomonidan Ag’ri va Ig’dir viloyatlari o’rtasida bosqichma-bosqich 5 ta etap shaklida xavfsizlik devori insho etiladi.

Chegaradan noqonuniy yo’llar bilan o’tish holatlarini oldini olish maqsadida quriladigan devorning birinchi bo’limi shu yilning oktyabr oyida tamomlanadi.

Devorning orqasida chegara posbonlari uchun xavfsizlik yo’laklari tashkil qilinadi.

Devor eni 2 metr va balandligi 3 metr bo'lgan ko'plab beton bloklardan tashkil topadi.

Beton bloklarning har bir qismi 7 tonna og'irlikka ega bo'ladi.

Chegarani butunlay to’sib turadigan devorlarga ma’lum oraliqlar bilan 15 ta eshik o’rnatiladi va bu eshiklarga o’q o’tmaydigan zirhli derazalar o’rnatiladi.

Turkiya hukumatining bayonotiga ko’ra, devor chegara orqali kurd jangarilari va noqonuniy migrantlarning kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida qurilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar