Prezident Erdog’an, Jiddaga ketishdan oldin jurnalistlarga bayonot berdi

Ikki kunlik Ko’rfaz safarini boshlagan Erdog’an, Jiddaga uchib ketishdan oldin Istanbuldagi "Ataturk" nomidagi aeroportda jurnalistlarga bayonot berar ekan unda, al-Aqsa masjidi masalasi va bugungi kundagi Turkiya-Germaniya munosabatiga to’xtaldi.

775856
Prezident Erdog’an, Jiddaga ketishdan oldin jurnalistlarga bayonot berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Quddusdagi al-Aqsa masjidining butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas ekanligini qayd etdi.

Ikki kunlik Saudiya Arabistoni, Quvayt va Qatarni o’z ichiga olgan Ko’rfaz safarini boshlagan Erdog’an, Jiddaga uchib ketishdan oldin Istanbuldagi "Ataturk" nomidagi aeroportda jurnalistlarga bayonot berdi.

O’z bayonotida Isroilning Quddusdagi al-Aqsa masjidi to’g’risidagi cheklovlariga e’tiroz bildirgan Erdog’an, musulmonlarning qadr-qimmatiga dog’ tushiradigan xatti-harakat oldida Islom olamining ham jimgina qarab o’tirmasligini eslatdi.

Quddusdagi muammoning tez kunlarda tamomlanishi uchun Turkiya sifatida keng ko’lamli faoliyat olib borayotganliklarini belgilab o’tgan Erdog’an, Isroilni qonunga muvofiq muomala qilishga undadi.    

Oxirgi vaqtlarda Turkiya bilan Germaniya o’rtasida yuz bergan taranglikga ham to’xtalgan Erdog’an, Turkiyada turib provokatorlik qilganlarga qarshi Turkiyaning mutlaqo kerakli javobni berajagini qayd etdi.

Turkiyada uyushtirilgan terror faoliyatlarida ishtirok etganlarning Germaniyada jon saqlaganligini eslatgan Prezident Erdog’an,

“Turkiyada Sudga berilib, aybdor deb topilganlarni siz bag’ringizga bostingiz. Buni ko’rmaslikga ololmaymiz. Fetullahchi terror tashkilotining bir necha a’zosi haligacha Germaniyada. Ikki mamlakat o’rtasida aybdorlarni ekstraditsiya qilish to’g’risida shartnoma borligiga qaramay bunga amal qilinayotgani yo’q. PKK terror tashkiloti ustidan Germaniyaga roppa-rosa 4 ming 500 papka hujjat jo’natdik” deya Germaniyaning uquvsizligini ta’kidladi.

Turkiyada, Germaniya firmalari ustidan hech qanday tergov ishlari boshlatilmaganligini ham eslatib o’tgan Erdog’an, bir necha chet davlatida FETO terror tashkiloti bilan aloqasi borligi aniqlangan Turk firmalari ustidan boshlatilgan tergov faoliyatlarining haligacha davom etganligini qayd etdi.

G’arb davlatlarining tinch aholiga shavqatsiz zarba bergan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPG terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashiga ham to’xtalgan Erdog’an, terror tashkilotining o’z faoliyatini yashirin turda olib borish uchun nomlarini o’zgartirish taktikasiga yo’nalganligini belgilab,

“Nomlarini o’zgartirsalar ham biz kimning kim ekanligini yaxshi bilamiz” dedi.

 



Aloqador xabarlar