Iqtisodiyot vazirligi Avstriya muomalasiga qarshi bayonot berdi

Iqtisodiyot vaziri Zeybekchi yoki vazirlik tomonidan 15-iyul kuni Avstriyada tadbir uyushtirish uchun hech kimdan, hech nima talab qilinmagan.

767906
Iqtisodiyot vazirligi Avstriya muomalasiga qarshi bayonot berdi

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusining birinchi yilligi munosabati bilan Avstriyada tadbir o’tkazish uchun hech kimdan, hech nima talab qilmaganliklarini qayd etdi.

Vazirlik, Nihat Zeybekchining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusining birinchi yilligi tadbiri uchun Avstriyaga kirishining man etilganligi haqidagi iddio to’g’risida bayonot berdi.

Iqtisodiyot vaziri Zeybekchi yoki vazirlik tomonidan 15-iyul kuni Avstriyada tadbir uyushtirish uchun hech kimdan, hech nima talab qilinmaganligi ta’kidlangan bayonotda,

“Iqtisodiyot vazirimiz Nihat Zeybekchi, Turkiya-Avstriya o’rtasidagi Savdo va iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Avstriya Tashqi ishlar va Iqtisodiyot vaziri bilan yaqinda uchrashuv o’tkazish niyatida lekin bu mavzu hali hanuz talab asosida qo’lga olingani yo’q. Talab asosida qo’lga olinganida ham biron-bir muammo tug’iladi deb o’ylamaymiz.   

Undan tashqari hurmatli vazirimiz, Avstriya yoki dunyoning qaysidir bir mamlakatidagi yurttoshlarimiz bilan uchrashuv o’tkazish uchun kimdandir ruxsat olishi shart emas” degan ifodalarga o’rin berildi.



Aloqador xabarlar