Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 26-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida AQSh Prezidenti Donald Trump boshqaruvining Yevroosiyo siyosati va mintaqaga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

761395
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 26-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,     

Markazida Turkiya va Turk Respublikalari o’rin olgan Yevroosiyo qit’asi dunyoning ko’plab global kuchi e’tiborini o’ziga qaratgan hudutlardan biri hisoblanadi. Shunday ekan kelasi davrlarda Yevroosiyo, jiddiy ravishda, global kuchlar kurashgan arenalardan biriga aylanadi. Shu doirada barchani, 2017-yilning boshida AQSh Prezidentligi vazifasini o’z zimmasiga olgan Donald Trump boshqaruvining AQSh va Yevroosiyo siyosatiga kiritish ehtimoli bo’lgan yangiliklar qiziqtirmoqda. Shunday ekan biz bu hafta Vashingtondagi yangi boshqaruvning Yevroosiyodagi o’rnini qo’lga olishga qaror qildik.

Yevroosiyoning qalbida o’rin olgan Turk Respublikalari bilan Turkiya bir tomondan mintaqalariga e’tibor qaratgan global kuchlar o’rtasidagi muvozanatni kuzatmoqda. Ikkinchi tomondan esa hududdan tashqaridagi manfaatlarini himoya qilishni qulaylashtiradigan strategik yo’llar qidirmoqda. Shuning uchun ham faqatgina atrofidagi vaziyatgagina emas ayni vaqtda global aktyorlarning dinamik siyosatlariga qarshi ham sezgir vaziyatdalar. Geomadaniyat va geosiyosat Turkiya bilan Turk Respublikalariga o’zgacha xususiyatlar taqdim etar ekan mintaqa, birdan ko’p mintaqaviy tizimdagi muvozanatlarga ozmi ko’pmi o’z ta’sirini ko’rsatish salohiyatiga ega bo’lib qolgan. Shuning uchun ham Turkiya bilan Turk Respublikalari, ham o’zlarini qiziqtirgan hududdagi ham da dunyo tizimidagi yangiliklarni yaqindan kuzatishga majbur.     

Trump boshqaruvining Yevroosiyo hududida qanday siyosat kuzatishi haqidagi savolning javobi, AQSh tashqi siyosatining ilgarilashi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Mavjud noaniqlikning ancha vaqtgacha davom etish ehtimoli bor. Lekin shuni aytishimiz mumkin ki; joriy yilning 20-yanvarida Vashingtonda ochilgan yangi sahifa AQSh va dunyo jihatidan yangi va murakkabroq bir davrning boshlang’ichi bo’lishi mumkin. Keyingi yillarda yer yuzining bir necha nuqtasida bu o’zgarishlarning ta’sirlari his qilinadi. Bular orasida Turkiyani yaqindan qiziqtirgan Turkiston hududi ham o’rin olgan.

Trump Atlantika ittifoqiga himmat ko’rsatib, turli xarajatlar bilan liderlik qilgan bir davlat bo’lish o’rniga to’g’ridan-to’g’ri o’z manfaatini qo’llab-quvvatlagan yirik kuch kabi muomala qilishni tanlaydı. AQShning Trans-Tinch okeani hamkorlik bitimidan bosh tortishi ham bunga bir o’rnak hisoblanadi.

Trans-Tinch okeani hamkorligi (TPO); Avstraliya, Bruney Darussalom mamlakati, Kanada, Chili, Yaponiya, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, Singapur, AQSh va Vetnam kabi mamlakatlar o’rtasida savdo va investitsiya imkonlarini baholash uchun yangi qoidalar kiritishni ko’zlagan Obama rahbariyatining iqtisodiy tashabbuslaridan biri edi. 

Bu mamlakatlar Yalpi ichki mahsulotning 40 foizdan ko’prog’ini tashkil etmoqda. Trans-Tinch okeani hamkorligi, Tinch okeanning yagona bozorini qurish orqali savdo tariflarini pasaytirib, umumiy qoidalar ishlab chiqarib, tarkibidagi 12 mamlakatning savdo va investitsiyalari uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutmoqda.

Trans-Tinch okeani hamkorligining tashkil topishi bilan, Xitoyning global iqtisodiyotining qoidalarini shakllantirish kuchining cheklanishi, ishchilar va ekologik huquqlarini himoya qilish uchun standartlarni belgilash va AQShning yangi bozorlarga kirishiga imkon yaratilishi kutilayotgan edi.  

Tomonlar, barcha a’zo davlatlar tasdiqlaganidan keyin kuchga kiradigan Trans-Tinch okeani hamkorligining tashkil topishi to’g’risidagi kelishuvga 2016-yilning 4-fevrali kuni qo’l qo’ydi. Shu bilan birga 2017-yilning 23-yanvari kuni saylovoldi kompaniyasida va’da berganidek AQSh Davlat rahbari Donald Trump, AQShni Trans-Tinch okeani hamkorligi tarkibidan chiqargan qarorga qo’l qo’ydi.  

AQShning Turkiston siyosatida, ushbu hududni qurshagan yirik kuchlarga doir strategiyalar, asosiy omil hisoblanadi. AQSh Turk Respublikalariga yo’nalar ekan ularning Moskva va Pekindagi ta’sirlarini tabiiy olaroq hisobga qo’shmoqda.  

Turkiston geosiyosatining Rossiya, Xitoy va boshqa muhim qo’shnilar bilan birga tilga olinishi, bu poytaxtlar bilan bo’lgan munosabatlardagi fluktuatsiyalarning ham Turk respublikalariga aks etishiga yo’l ochmoqda. Shuning uchun ham AQSh Turkistonga qarar ekan Rossiya va Xitoyni ham ko’rmoqda, Xitoy bilan Rossiyaga qarashlardagi o’zgarishlar esa Turkiston uchun ham natijalar tug’dirmoqda.

Kelasi yillarda AQShning Yevroosiyo va Turkiston siyosatida radikal o’zgarishlarning kutilayotganligini aytolmaymiz lekin oxirgi 12 yil mobaynida birinchi marotaba bir Respublikachi lider nomzodi saylovoldidan Markaziy Osiyo/Turkiston haqida bayonot berdi. Bu esa bundan buyon AQSh tashqi siyosatida Markaziy Osiyoga keng o’rin berilishining ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Oxirgi yillarda Yevroosiyoda Anti-Amerika harakatlari ortib bormoqda. Bu harakatlar oldida AQSh yumshoq kuch unsurlarini maydonga surib qo’yib, demokratiyani targ’ib qilish siyosatidan voz kechmaydi.   

Ko’rib turganimizdek Turkistondan Turkiyaga uzangan liniyaning ahamiyati faqatgina AQSh uchun emas, barcha yirik aktyorlar jihatidan ham ortadi. Bu liniya katta kurashlarning arenasiga aylanadi. Keyingi jarayonda Yevropa va Xitoyni bir-biriga bog’laydigan “Turk kamari” barcha tomonlar uchun muhim o’rin egallar ekan, ayni vaqtda ham katta kurash zaminiga aylanadi. Shunday ekan bugungi kunda Turkiya va Turk dunyosining taqdirini bir-biriga yana-da mustahkam bog’laydigan yirik geosiyosiy o’zgarishning birinchi bosqichini boshdan kechirayotgan bo’lishimiz mumkin.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya , #Turk Respublikalari , #Yevroosiyo

Aloqador xabarlar