Turkiya Qatarga 5 ming tonna oziq-ovqat mahsuloti jo’natdi

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya eksportchilar majlisi umumiy kengashida so’zlagan nutqida bu haqda gapirib o’tdi.

754843
Turkiya Qatarga 5 ming tonna oziq-ovqat mahsuloti jo’natdi

Turkiya mushkul ahvolda bo’lgan Qatarni har tomonlama qo’llab quvvatlamoqda.

Ma’lumki, ba’zi arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni to’xtatdi.

Buning ortidan iqtisodiy cheklovlar ham yuzaga keldi.

Turkiya mushkul ahvolda qolgan Qatarga bugungacha 5 ming tonna oziq-ovqat mahsuloti jo’natdi.

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya eksportchilar majlisi umumiy kengashida so’zlagan nutqida bu haqda gapirib o’tdi.

U Turkiyadan Qatarga jo’natilgan jami oziq-ovqat mahsuloti miqdorini e’lon qildi.

Uning aytishicha, Turkiya ko’rfaz davlatlarining tazyiqlariga uchragan Qatarga bugungacha jami 71 ta samolyot vositasida 5 ming tonna oziq-ovqat mahsuloti jo’natgan.

Qatar xalqining zarur ehtiyojlari qondirilganini aytgan Zeybekchi: “Bu hafta oziq-ovqat mahsulotiga to’la kema safarlari ham yo’lga chiqadi. Mahsulot tashigan yuk transportlarimiz yo’lda. Turkiya muhtoj va jabrlanganlardan hech qachon yuz o’girmaydi. Bu aziz xalq janob prezidentimiz rahnamoligida yordamga tayyordir”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qatar , #oziq-ovqat , #Nihat Zeybekchi

Aloqador xabarlar