Qatar Tashqi ishlar vaziri Turkiyani taqdirladi

“Bizga qarshi tadbiq etilgan embargo oldida Turkiya hukumati va qardosh turk xalqining adolatli munosabatini taqdirlaymiz”,-deb yozadi Qatar tashqi ishlar vaziri.

753095
Qatar Tashqi ishlar vaziri Turkiyani taqdirladi

Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayh Muhammad Bin Abdurrahman Bin Jasim Al Sani Turkiyani taqdirladi.

U ba’zi arab davlatlari tomonidan Qatarga nisbatan diplomatik va iqtisodiy tazyiq qo’llashi oldida Qatarni qo’llab quvvatlagan Turkiyadan minnatdor ekanini tilga oldi.

Al Sani media tarmoqlarida bu haqda fikr bildirdi.

“Bizga qarshi tadbiq etilgan embargo oldida Turkiya hukumati va qardosh turk xalqining adolatli munosabatini taqdirlaymiz”,-deb yozadi Qatar tashqi ishlar vaziri.

Kuni kecha Qatarga rasmiy tashrif bilan borgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu va Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Qatar amiri Shayh Temim Bin Hamad Al Sani va Tashqi ishlar vaziri Shayh Muhammad Bin Abdurrahman Bin Jasim Al Sani bilan uchrashdi.

So'ngra, Quvaytga jo’nab ketgan Mavlud Chavushog’lu Quvayt rasmiylari bilan ko'rfaz davlatlaridagi o'zaro ziddiyatni muhokama qildi.

Darvoqe, Mavlud Chavushog’lu Quvaytdan so’ng, Saudiya Arabistoniga jo’nab ketishini va Makka shahrida qirol Selman Bin Abdulaziz bilan uchrashishini ma’lum qilgan edi.

Ma’lum bo’lganidek, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr va Yaman 5 iyun kuni terrorizmni qo’llab quvvatlaganlikda ayblab, Qatar bilan barcha diplomatik munosabatlarni to’xtatgan edi.

Qatarga havo chegaralarini ham yopgan Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn qatarlik diplomatlarga mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat bergandi.

Saudiya Arabistoni Qatar bilan bo’lgan birgina quruqlik chegarasini ham yopdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar