Terrorga qarshi kurash doirasida Turkiyada yana 1 askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Trabzon viloyati, Machka tumanidagi bir qishloqchada terrorga qarshi amaliyot uyushtirgan xavfsizlik kuchlari bilan PKK terror tashkiloti o’rtasida to'qnashuv kelib chiqdi.

733636
Terrorga qarshi kurash doirasida Turkiyada yana 1 askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Trabzon viloyati, Machka tumanidagi bir qishloqchada terrorga qarshi amaliyot uyushtirgan xavfsizlik kuchlari bilan PKK terror tashkiloti o’rtasida kelib chiqgan to’qnashuv oqibatida 1 askar shahid bo’ldi.

To’qnashuv ortidan qochib qolgan terroristlarning qo’lga tushishi uchun mintaqada keng ko’lamli amaliyot boshlatildi.

Shu bilan birga Iroqning shimolida joylashgan Zap va Metina mintaqalaridagi terroristlarga qarshi urush uchoqlari bilan qurolli haydovchisiz havo vositalari yordamida uyushtirilgan havo hujumi chog’ida terror tashkilotiga oid tayanch punktlari, g’orlar, boshpana va kommunikatsiya tizimlari bilan DShK qurol mavzelari va 11 nafar terrorist yo’q qilindi.

Shuningdek Turkiyaning Ig’dir viloyati Jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan uyushtirilgan amaliyotda ham, PKK terror tashkiloti tomonidan oshxona va boshpana sifatida foydalanilgan bir g’or topildi.  

Xavfsizlik kuchlari huddi mana shu g’orda bomba yasash uchun ishlatilgan 2 ta katta, 6 ta kichik jami 8 ta gaz ballon, 4 ta akkumulyator bilan ko’plab oshxona va ro’zg’or ashyosini qo’lga kiritidi.

G’or, xavfsizlik kuchlari tomonidan yo’q qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Trabzon , #terrorga qarshi kurash

Aloqador xabarlar