Turkiyadagi suriyaliklarning Jarablus safari davom etmoqda

Aytib o’tish joizki 2016-yilning 24-avgusti kuni boshlagan Firat qalqoni amaliyotining birinchi kunidan beri Turkiyadan Jarablusga qaytgan suriyaliklar soni 38 mingga yetdi.

730797
Turkiyadagi suriyaliklarning Jarablus safari davom etmoqda

Suriyada roppa-rosa 6 yil oldin boshlagan ichki urushdan qochib Turkiyada jon saqlagan muhojirlar Firat qalqoni amaliyoti doirasida DEASh terror tashkilotidan qutqarilgan mintaqalarga qayta boshladi.

Turkiyaning Gaziantep gubernatorligi tomonidan viloyatning Karkamish tumanida ro’yhatga olingan suriyaliklar, Immigratsiya idorasi Viloyat boshqarmasi xodimlari nazorati ostida 200 nafarlik guruhga bo’linib, o’z yurtlariga qaytmoqda.

Buning uchun albatta eng avvalo Karkamish Bojxona darvozasiga borib, u yerda xavfsizlik nazoratidan o’tgan suriyaliklar bojxona darvozasida Erkin Suriya armiyasi a’zolari tomonidan kutib olinmoqda. Shuningdek ularning ashyolari bojxona darvozasida yuk tashuvchi mashinalarga yuklanib ortidan, Suriyadagi uylariga yetkazib berilmoqda.  

Aytib o’tish joizki 2016-yilning 24-avgusti kuni boshlagan Firat qalqoni amaliyotining birinchi kunidan beri Turkiyadan Jarablusga qaytgan suriyaliklar soni 38 mingga yetdi.



Aloqador xabarlar