Turkiya Eron chegarasini devor bilan to’smoqchi...

Fikri Ishik:"Chegaradagi qonunbuzarliklarni oldini olish uchun bir qator qattiq choralarni ko’rish zarur..."

730228
Turkiya Eron chegarasini devor bilan to’smoqchi...

Turkiya Eron bilan chegarasini devor bilan to’smoqchi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik bayonot berdi.

“Eron chegarasidan Turkiyaga noqonuniy o’tish holatlari kuzatilmoqda. Bu masala ichki ishlar vazirligining mas’uliyatida. Chegaradagi qonunbuzarliklarni oldini olish uchun bir qator qattiq choralarni ko’rish zarur. Eron ham o’z chegaralarini to’liq nazorat qila olmasligi mumkin. Mazkur chora ikki davlat o’rtasidagi o’zaro ishonchni oshiradi”,-dedi Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik.

Ma’lumotga ko’ra, chegaraga quriladigan devorning uzunligi 70 kilometrdan iborat bo'ladi.

Chegaraning qolgan qismiga qo'riqlovchi minoralarni o’rnatish, metall to'siqlar va projyektorlar o'rnatish rejalashtirilmoqda. 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #chegara , #devor , #Fikri Ishik , #nazorat

Aloqador xabarlar