Prezident Erdo’g’an, Musulmonlar ko’plab tahdid va sinov  bilan kurashganini  ta’kidladi.

Islom hamkorlik tashkiloti iqtisodiy va savdo hamkorlik doimiy komiteti 33 İzlash komiteti, poytaxt Anqarada o’tkazildi.

729606
Prezident Erdo’g’an, Musulmonlar ko’plab tahdid va sinov  bilan kurashganini  ta’kidladi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Musulmonlar ko’plab tahdid va sinov  bilan kurashganini   ta’kidladi.

Islom hamkorlik tashkiloti iqtisodiy va savdo hamkorlik doimiy komiteti 33 İzlash komiteti, poytaxt Anqarada o’tkazildi.

Yig’ilish Prezident  Rajab Toyyib Erdo’g’an yozma bayonotining o’qilishi bilan boshladi.

Erdo’g’an tarqatgan bayonotida, mintaqadagi taraqqiyotlarga diqqat jalb  etib, Musulmonlar ayni lahzada ko’plab tahdid va sinov  bilan kurashganini ta’kidladi.

Erdo’g’an tarqatgan bayonotida,

“ Payg’ambarimiz Hazrati Muhammad  oyoq ostiga olgan qavmchilik, zaharli bir pechak kabi Islom ummatini o’rab olmoqda. Suriyada, Iroqda, Yamanda, Liviyada, Afg’onistonda va ko’plab yerda birodarlarimiz har lahza o’lim bilan, terror bilan yashamoq  majburiyatida.  Yuragimizni  og’ritgan  ushbu ko’rinishni  endi to’xtatish barchamizning mushtarak mas’uliyatimiz” deb ifoda etdi.

 Islom hamkorlik tashkiloti iqtisodiy va savdo hamkorlik doimiy komiteti 33 İzlash komiteti yig’ilishiga boshchilik qilgan Taraqqiyot vaziri Lutfi Elvan ham Islom olami qiyin kunlardan o’tayotganini ta’kidladi.

Islom olami  muammolarni  hal qilish uchun asosiy kalima birlik ekanini aytdi.

Elvan,

“ Farqli geografiyalarga tarqalgan  bo’lsa ham aslida barchamiz ayni  oilaning biror parchasimiz.

Duch kelingan muammolar va kamchiliklarni  oshib o’tish uchun hamkorlik va moslik asosdir va muvaffaqiyat uchun asosiy kalima birlikdir” deb  ma’lum qildi.

Elvan, Islom hamkorlik tashkiloti a’zosi  o’lkalar orasidagi savdoning rivojlantirilishining  ahamiyatiga diqqat qaratib, tijoratni   osonlashtirish   tijorat hajmiga  ijobiy ta’sir tashlaydi deb bildirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar