Bugun 1 May Xalqaro mehnatkashlar kuni...

Shu munosabat bilan Turkiya bo’ylab turli viloyat va tumanlarda tadbirlar o’tkazilmoqda.

723320
Bugun 1 May Xalqaro mehnatkashlar kuni...

Bugun 1 May Xalqaro mehnatkashlar bayrami…

Shu munosabat bilan Turkiya bo’ylab turli viloyat va tumanlarda tadbirlar o’tkazilmoqda.

Bugun ishchilar, ularning ishchi uyushmalari kasabalari, ba’zi siyosiy partiyalar va nodavlat tashkilotlar Istanbulning Bakirko’y dahasida 1 May Xalqaro mehnatkashlar bayramini nishonlaydi.

Tadbirlarda 30 mingdan ziyod politsiya xodimi nazoratni taminlamoqda.

Bayram nishonlanadigan ba’zi ko’chalarda transport qatnovi to’xtatildi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an xalqni 1 May Xalqaro mehnatkashlar kuni bilan tabriklar ekan, ularni bayramni tinch-totuvlik bilan, qardoshlik ruhida qutlashga va turli provokatsiyalardan uzoq turishga chaqirdi.

Bosh vazir Binali Yildirim: “Mehnat jarayonidagi muammolarni hal qilish bilan mamlakatimizdagi demokratik ishonch va barqarorlik muhitini yanada mustahkamlashimizga ishonaman”,-dedi.

Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Mehmet Muezzino’g’li: “Adolatli, kelishuvchan va tashviq etuvchi ko’z-qarash bilan mehnatkash xalqimizning peshona terini himoya qilish, ularning haq va huquqini himoya qilish yo’lida olg’a qadam tashlayabmiz”,-dedi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #1 may , #mehnatkashlar kuni

Aloqador xabarlar