Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Irlandiyada...

Nihat Zeybekchi:"Bojxona ittifoqi shartnomasini qaytatdan shakllantirish Turkiya va Yevropa Ittifoqining mushtarak manfaatlariga xizmat qiladi"

720574
Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Irlandiyada...

Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Irlandiyaning poytaxti Dublinda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi va “Enterprise Ireland” tomonidan hamkorlikda o’tkazilgan “Turk kuni” anjumaniga qatnashdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Nihat Zeybekchi Bojxona ittifoqi shartnomasini qaytatdan shakllantirish Turkiya va Yevropa Ittifoqining mushtarak manfaatlariga xizmat qilishini aytdi.

“Bojxona ittifoqi hozirda faqatgina sanoat mahsulotlarini o’z ichiga oladi. Agar bu ittifoq oziq-ovqat, qishloq-xo’jaligi, elektron tijorat va davlat ehtiyoji bo’lgan tovarlarni o’z ichiga oladigan shaklda kengaytirilsa, bu nafaqat Turkiyaning, balki Yevropa Ittifoqining ham rivojlanishiga hissa qo’shgan bo’lardi”,-deya ta’kidladi Nihat Zeybekchi.

Uning aytishicha, Turkiya va Yevropa Ittifoqi 2014 yilning yanvar oyidan beri olib borilgan muzokaralar natijasida Bojxona ittifoqini qayta shakllantirish xususida hamfikr bo’ldi.

Anjumanda Irlandiya Tashqi ishlar va savdo vaziri Charles Flanagan ham o’z fikrini bayon etdi.

U Turkiyada sodir bo’lgan 15 iyul voqealari paytida Fathulloh Gulen harakatiga qarshi darhol chora-tadbirlarni kuchaytirganini aytdi.

Turkiya ushbu murakkab davrda millionlab qochqinga boshpana berganini aytgan Charles Flanagan: “Serg’ayrat va zamonaviy iqtisodiy mahoratini namoyon qilgan Turkiyaga qoyilman”,-dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar