Prezident Erdog’an Turkiyani, turk xalqi va bolalarni “23-aprel” munosabati bilan tabrikladi

Bugun Turkiya Respublikasi o’zining eng asosiy bayramini-Milliy Mustaqillik va bolalar kunini nishonlamoqda.

718516
Prezident Erdog’an Turkiyani, turk xalqi va bolalarni “23-aprel” munosabati bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya Buyuk Millat Majlisining tashkil topishining 97-yilligi shuningdek, Milliy mustaqillik va bolalar bayrami bilan o’z yurttoshlarini tabriklab bu ajoyib kunning Turkiyaga, turk xalqi va bolalarga yaxshilik olib kelishini tiladi.   

Istiqlol harbining Bosh qo’mondoni, TBMMning birinchi raisi G’oziy Mustafo Kemal Ataturk bilan birga barcha shahid va g’oziylarni rahmat va minnatdorchilik ila yodga olgan Prezident Erdog’an  23-aprel 1920-yilning Turkiya va turk xalqi uchun qayta tirilishning ramzi ekanligini ta’kidladi.

Erdog’an, "Hokimiyat hech shubhasiz xalqningdir” degan shior bilan Istiqlol harbini boshlatgan turk xalqining, barcha imkonsizlarga qaramay murakkab kurashni muvaffaqiyatli yakunlaganligini qayd etdi.

Istiqlol harbining qarorgohi TBMMning, ayni vaqtda mustaqillikning ham ramzi ekanligini ta’kidlagan Erdog’an,  

“Huddi mana shu tushuncha bilan biz ham milliy irodaga ziyon yetkazmoqchi bo’lganlarga qarshi kurashib, farzandlarimizga yana-da tinch va xavfsiz kelajakni meros qoldirish uchun kurash olib bormoqdamiz” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Prezident Erdog'an , #23-aprel

Aloqador xabarlar