Prezident R.T.Erdog'an 23 aprel bolalar shodiyonalariga qatnashgan xorijlik bolalarni qabul qildi

"Bolalar o'ldirilmasin. Kattalardan kelib chiqqan urushlarning jazosini bolalar to'lamasin. Kattalarning qilmishlarining jazosini bolalar to'lamasin. Biz bolalarning porloq kelajagi bo'lishini istaymiz",-dedi R.T.Erdog'an.

717363
Prezident R.T.Erdog'an 23 aprel bolalar shodiyonalariga qatnashgan xorijlik bolalarni qabul qildi

 

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an prezidentlik saroyida 39-TRT Xalqaro 23 aprel bolalar shodiyonalariga qatnashgan xorijlik bolalarni qabul qildi.

"Bolalar o'ldirilmasin. Kattalardan kelib chiqqan urushlarning jazosini bolalar to'lamasin. Kattalarning qilmishlarining jazosini bolalar to'lamasin. Biz bolalarning porloq kelajagi bo'lishini istaymiz. Bolalar yashasinki, kattalar ham obod dunyoni barpo etishga hissa qo'shsin.  Yana ham muhimi bolalar o'zini xavfsiz his qilsinlar. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, ta'lim, salomatlik kabi har qanday imkoniyatga ega bo'lsinlar",-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an.

Bu yil dunyoning turli joylarida afsuski, o'n minglab bolalar 23 aprel bayrami munosabati bilan Turkiyaga kela olmaganini aytgan Erdog'an shoiy Nozim Hikmatning "Qiz bola" nomli she'ridan bir bo'limni yoddan aytdi.

Turkiya dunyoning turli davlatlarida azob chekkan bolalarga insonparvarlik yordami, ta'lim, salomatlik faoliyatlarini olib borganini aytgan Erdog'an: "Bolalar yashagan joyda bizning boshqa niyatimiz bo'lmaydi. Dunyodagi yordamsevar davlatlar orasida Turkiya Amerikadan keyingi ikkinchi o'rinda turadi. Qolaversa, biz mazlum va jabrlangan insonlarga madadkor bo'laveramiz",-dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar