Turkiya va Rossiya o'rtadagi iqtisodiy cheklovlarni bekor qilishga kirishdi

18 aprel seshanba kuni Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek boshchiligidagi delegatsiya Moskvada iqtisodiy embargo va boshqa cheklovlarni bekor qilish masalasi bo’yicha muzokara o’tkazdi.

716032
Turkiya va Rossiya o'rtadagi iqtisodiy cheklovlarni bekor qilishga kirishdi

18 aprel seshanba kuni Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek boshchiligidagi delegatsiya Moskvada iqtisodiy embargo va boshqa cheklovlarni bekor qilish masalasi bo’yicha muzokara o’tkazdi.

Shuningdek, Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi bilan Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek Rossiya Bosh vazir o’rinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan uchrashuv o’tkazdi.

Tomonlar ikki davlat o’rtasida joriy etilgan embargo va boshqa iqtisodiy tadbirlarni bekor qilish masalalari bo’yicha fikr almashdi.

Turkiya agrosanoat mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha o'zaro cheklovlarning katta qismini olib tashlash istagini bildirdi.

Shuningdek, Rossiya va Turkiya delegatsiyalari ikki hafta ichida takror bir qator maslahatlashuvlar o'tkazish va kelgusi harakatlar jadvalini tuzish bo’yicha kelishib oldi.

Ma’lum bo’lishicha, ikki hafta davomida kelgusi harakatlar jadvalini ishlab chiqish uchun maslahatlashuvlar o'tkaziladi, bunda muddatlar, ba’zi mavjud cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash rejasi ko'zda tutiladi.

Tomonlar hozirda mavjud bo'lgan maksimal miqdordagi cheklovlarning eng qisqa vaqt ichida bekor qilinishiga umumiy intilish borligini ta’kidlab o’tdilar.

Uchrashuv chog’ida, Rossiya Bosh vazir o’rinbosari Arkadiy Dvorkovich Rossiya turk hamkorlari tomonidan bu yil bug'doy yetkazib berishga kiritilgan cheklovlarning istalgan holda bekor qilinishidan umidvorligini tilga oldi.

Moskvadagi muzokaralar haqida o’z taassurotlarini aytgan Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek: “Moskvada o’tkazgan muzokaralarimiz juda unumli o’tdi. Barcha masalalarni atroflicha muhokama qildik. May oyining boshlarida takror uchrashib, muammolarga dangal yechim topamiz”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar