Erdog’an referendum natijalari va Donald Trump bilan bo'lgan muloqatini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an referendum natijalari va Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan amalga oshirgan muloqatini CNN International kanalida baholadi.

715723

Prezident Erdog’an,

“Hisob 1-0 yoki 5-0… eng muhimi natija g’alaba bilan yakunlandi. Demokratiya o’z kuchini xalqdan oladi. Bu ham xalqning irodasidir. Yangi tizim, Turkiyaning demokratiya tarixida yangi davrga vakillik qiladi” deya gapirdi.

Rajap Tayyip Erdog’an AQSh Prezidenti Donald Trump bilan Amerika tomoni tashabbusi bilan telefon orqali muloqat qilganligini va muloqat chog’ida Trumpning Erdog’anni referendum natijalari bilan tabriklaganligini qayd etdi.

Erdog’an, AQSh bilan Turkiyaning ittifoq ikki davlat sifatida bir necha muammoni hal qila olishini ifodaladi.

Aloqador xabarlar