Turkiya delegatsiyasi bugun Moskvaga jo’nab ketadi

Turkiya delegatsiyasi Rossiya tomonidan Turkiyaga nisbatan tadbiq etilgan embargo va boshqa iqtisodiy tadbirlarni bekor qilish masalasini muhokama qiladi.

715075
Turkiya delegatsiyasi bugun Moskvaga jo’nab ketadi

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek boshchiligidagi delegatsiya bugun Moskvaga jo’nab ketadi.

Turkiya delegatsiyasi Rossiya tomonidan Turkiyaga nisbatan tadbiq etilgan embargo va boshqa iqtisodiy tadbirlarni bekor qilish masalasini muhokama qiladi.

Shuningdek, Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Moskvada Rossiya Bosh vazir o’rinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan uchrashuv o’tkazadi.

Hay’atlararo muzokaralarda Turkiyadan Rossiyaga amalga oshiriladigan meva-sabzavot importiga qo’yilgan cheklovni bekor qilish masalasi muhokama qilinadi.

Qolaversa, pudratchilik va bu soha bo’yicha faoliyatlarga qo’yilgan ta’qiqlar, turk ishchilarning mehnatidan foydalanishni man qilishni bekor qilish, viza majburiyatini avvalgidek qulaylashtirish, transport naqliyoti bo’yicha cheklovlarni bekor qilish kabi xususlar ham muhokama qilinadi.

 

 



Aloqador xabarlar