Binali Yildirim yoshlarning referendum haqidagi savollariga javob berdi

Bosh vazir Binali Yildirim 16-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendum natijasida konstitutsiyaga kiritilmoqchi bo’lgan tizim haqida gapirar ekan u orqali, majlis bilan prezident vazifalarining yana da aniq ravishda belgilanganligini qayd etdi.

706703
Binali Yildirim yoshlarning referendum haqidagi savollariga javob berdi

Bosh vazir Binali Yildirim 16-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendum natijasida konstitutsiyaga kiritilmoqchi bo’lgan tizim haqida gapirar ekan Janob Yildirim bu orqali, majlis bilan prezident vazifalarining yana da aniq ravishda belgilanganligini qayd etdi.

Bosh vazir Binali Yildirim, “Prezidentning vazifasi mamlakatni boshqarish, Majlisning vazifasi esa qonun chiqarish” dedi.

Yildirim, Turkiyaning Izmir shahridagi bir mahalliy kanalda namoyish etilgan dasturda ishtirok etib, yoshlar savoliga javob berdi.

Majlisning qonun chiqarishini, Prezidentning esa majlis chiqargan qonunni maqul topgudek bo’lsa tasdiqlashini eslatgan Yildirim;

“Prezident bu faoliyatlarni qarornoma orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyada qonun orqali amalga oshirilishi kerak bo’lgan mavzular aslo Prezident qarornomasiga bosh egmaydi. Bir masala bo’yicha qonun chiqarilganiga qaramay huddi ana shu masalada prezident ham qarornoma chiqargudek bo’lsa unda qonun o’z ustivorligini davom ettiradi. Qarornama kuchga kirmaydi” deya gapirdi.  

Binali Yildirim yangi tizimda Parlament boshqaruvining bekor qilinajagini ham aytib o’tar ekan bu haqida,

“Parlament boshqaruvi degani ikkita iroda degan manoni anglatadi va bu vaziyat vaqt jihatidan Turkiyaning rivojlanishiga to’siqlik qiladi” dedi.

Shuningdek, “Yangi tizim irodani ikkidan birga tushiradi, xalq kimga vazifa topshirgan bo’lsa mamlakatni ham ana shu boshqaradi” dedi.  

Bosh vazir Binali Yildirim yangi tizimga ko’ra haqiqiy rahbarning aslida xalq ekanligini, shunday ekan “yagonalik” tushunchasining bekor gapligini ta’kidladi.   



Aloqador xabarlar