Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya-Rossiya munosabatlari haqida...

Nihat Zeybekchi ikki davlat aloqalarini yaxshilash jarayonida Rossiyadan Turkiyaga turistik faoliyatlar va charter safarlar takror yo’lga qo’yilganini aytdi.

705266
Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya-Rossiya munosabatlari haqida...

Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya-Rossiya munosabatlarini tiklash jarayonidagi ijobiy o’zgarishlarga to’xtaldi.

Nihat Zeybekchi ikki davlat aloqalarini yaxshilash jarayonida Rossiyadan Turkiyaga turistik faoliyatlar va charter safarlar takror yo’lga qo’yilganini aytdi.

Mamlakat rasmiylari bilan amalga oshirilgan muzokaralardagi eng muhim mavzulardan biri Rossiyaning Turkiyaga nisbatan tadbiq etgan embargolarni bekor qilishi ekanini tilga olgan Zeybekchi bu borada amalga oshirilgan faoliyatlar yetarsiz ekanini ta’kidladi.

Uning aytishicha, sanksiya va embargolar bekor qilinishi kerak.

“O’zaro yuzaga kelgan muammolarning yechimini topish va transport sohasida o’zaro va tranzit o’tish hajmini takror oshirish maqsadida muzokaralar davom etmoqda. Qolaversa, ikki davlat o’rtasida vizani bekor qilishga doir ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida faoliyatlar olib borilmoqda”,-dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar