Prezident Erdog’an: “Yangi amaliyot uchun tayyorgarlik olib borilmoqda” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Firat qalqoni amaliyotining birinchi bosqichining o’z nihoyasiga yetishi ortidan bugungi kunda Suriyaning yangi mintaqalari uchun yangi amaliyotlar ustidan tayyorgarlik olib borilayotganligini ma’lum qildi.

704990
Prezident Erdog’an: “Yangi amaliyot uchun tayyorgarlik olib borilmoqda” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Firat qalqoni amaliyotining birinchi bosqichining o’z nihoyasiga yetganligini eslatib o’tar ekan, bugungi kunda Suriyaning boshqa mintaqalarini terroristlardan qutqarish uchun yanqi amaliyotlar ustidan tayyorgarlik olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Prezident Erdog’an Turkiyaning Trabzon viloyatida uyushtirilgan bir ochilish marosimida ishtirokchilarga xitob etdi.

Janob Erdog’an o’z xitobida, bahorning kelishini kutgan barcha terror tashkilotlariga shu jumladan PKK, YPG, DEASh va FETO terror tashkilotlariga ajoyib sovg’a tayyorlab qoyilganligini qayd etdi. Shuningdek kelasi oylarning Ollox nasib qilgudek bo’lsa Turkiyaning va turk xalqining bahori, terroristlarning esa qora qishi bo’lajagini ta’kidladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an shuningdek o’z so’zida,

Terror tashkilotlarining bugungi kunda Yevropa davlatlariga ishonib o’z hunarlarini ko’rsatayotganligini lekin Turkiya kuchli davlat sifatida terroristlarga qarshi qarorlilik bilan o’z kurashini davom ettirishdan voz kechmasligini, oxir oqibat Yevropa davlatlarining terroristlarni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortajagini qayd etdi.  



Aloqador xabarlar