Turkiyaning chet eldagi vakolatxonalarida 3 kunda 69 ming 79 saylovchi ovoz berdi
Turkiyada 16-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendumda ovoz berish uchun Turkiyaning chet eldagi vakolatxonalari ro’yhatidagi saylovchilar, 27-martdan e’tiboran ovoz bera boshladi.

Turkiyada 16-aprel kuni bo’lib o’tadigan va konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlangan referendum uchun ovoz berish faoliyati boshlatilgan oltita Yevropa davlati bilan bojxona darvozalarida, 3 kunda jami 69 ming 79 saylovchi ovoz berdi.
16-apreldagi referendumda ovoz berish uchun Turkiyaning chet eldagi vakolatxonalari ro’yhatidagi saylovchilar 27-martdan e’tiboran ovoz bera boshladi.
Turk fuqarolari eng ko’p istiqomat qilgan Germaniyada roppa-rosa 13 vakolatxonada ovoz berildi. Germaniyadan tashqari Fransiyada 6, Avstriyada 3, Shveytsariyada 3, Belgiyada 2, Daniyada 1 va Lyuksemburgda 1 jami 29 vakolatxonada ovoz berish uchastkasi tashkil etildi.
Ovoz berish faoliyatining uchinchi kunida 57 ming 521 nafar Turk fuqarosi ovoz berdi.
Aeroportlarda tashkil etilgan vaqtinchalik bojxona darvozalari bilan va boshqa bojxona darvozalarida esa 11 ming 558 nafar saylovchi ovoz berdi.
Bu bilan chet elda bugungacha 69 ming 79 saylovchi ovoz bergan bo’ldi.
Aloqador xabarlar

Turkiyada Covid - 19 dan oxirgi 24 soatda 167 o'lim holati qayd etildi
Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan oxirgi 24 soatda 167 o'lim holati qayd etildi